Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova sirtqi ta’lim shakli tugatilishi yuzasidan fuqarolar va jamoatchilik vakillari tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollarga javob qaytardi.

Foto: Kun.uz
5 iyundan oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun qabul boshlandi. Prezident farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — «avval test, so‘ng tanlov» tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.
Prezidentning joriy yil 5 maydagi PF-76-son farmoniga ko‘ra 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi. Mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi.
Sirtqi ta’lim shakliga qabul 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab to‘xtatilgan bo‘lsa-da, hozirda mazkur shaklda tahsil olayotgan talabalar uchun barcha o‘quv jarayonlari belgilangan tartibda davom ettiriladi. Ya’ni, ular tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha amaldagi davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiq o‘qishni yakuniga yetkazish imkoniyatiga ega.
Oliy ta’lim muassasalari ushbu talabalarga o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish, zarur axborot-resurslar va amaliy mashg‘ulotlar bilan ta’minlash bo‘yicha o‘z zimmalaridagi mas’uliyatni to‘liq bajarishi lozim. Bu esa har bir talaba uchun ta’lim sifatini ta’minlash hamda mutaxassis sifatida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib bitirishini kafolatlaydi.
Sirtqi ta’lim shaklida tahsil olib, belgilangan tartibda diplom olgan shaxslar O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq to‘liq oliy ma’lumotli mutaxassislar hisoblanadi. Ularga beriladigan diplom kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shaklidagi diplomlar bilan teng yuridik kuchga ega.
Shu bois, bunday mutaxassislarni davlat yoki xususiy sektorda rasmiy ishga qabul qilishda hech qanday huquqiy to‘siq mavjud emas. Ish beruvchilar ularning ta’lim shaklidan kelib chiqib emas, balki egallagan bilim, ko‘nikma va professional salohiyati asosida baholashi lozim.
2025-2026 o‘quv yilidan boshlab sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatilgan bo‘lsa-da, ishlab yurgan fuqarolarning oliy ta’lim olish imkoniyatlari cheklanmaydi. Kelgusida kunduzgi ta’limga muqobil shakllar, jumladan, masofaviy, kechki va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time) ta’lim shakllari bosqichma-bosqich rivojlantirilib, ularga qabul ko‘rsatkichlari kengaytirib boriladi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

21:19 / 28.07.2025
Xususiy universitetlarga sirtqi ta’limga kirishning aylanma yo‘li paydo bo‘ldi

21:40 / 26.07.2025
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi

23:49 / 25.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

19:19 / 24.07.2025