Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronning uran boyitish zavodida deyarli barcha sentrifuga yo‘q qilingani aytildi
Mutaxassislarning fikricha, Isroilning ketma-ket zarbalari Eron yadro dasturiga jiddiy zarar yetkazgan va uni bir necha yil orqaga surgan.

Foto: Open Source Centre
Eronning Natanz shahridagi uranni boyitish bo‘yicha yerosti zavodiga o‘rnatilgan 15 mingga yaqin sentrifuga Isroil havo hujumi oqibatida jiddiy shikastlangan yoki yo‘q qilingan, dedi Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) rahbari Rafael Grossi. Bu zavoddagi deyarli barcha sentrifugadir.
Grossi so‘zlariga ko‘ra, zarba yerosti majmuasini ta’minlovchi elektr tarmog‘idagi quvvatning yo‘qolishiga olib keldi, bu esa sentrifugalarni o‘chirib qo‘ydi.
«Elektr energiyasining uzilishi bilan sentrifugalar yo to‘liq vayron bo‘ldi yoki jiddiy shikastlandi», dedi u.
Tsentrifuga o‘ta yuqori tezlikda aylanadigan mashina - u elektr uzilishiga juda sezgir. Shu bilan birga, Natanzdagi xuddi shu yadroviy majmuaning bir qismi bo‘lgan yer yuzasida joylashgan boyitish zavodi ham butunlay vayron qilingan.
XAEA ma’lumotlariga ko‘ra, yana bir yirik obekt, tog‘ning chuqur qismida joylashgan Fordo boyitish zavodiga zarar yetmagan.
«Ehtimol, u yerda zarar juda kichik bo‘lishi mumkin», dedi Grossi.
Agentlik inspektorlari shikastlangan obektlarga hali kira olmasa-da, XAEA o‘z xulosasi uchun sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan keng foydalanmoqda.
Bundan tashqari, Isfaxon yadro markaziga zarba berish oqibatida to‘rtta bino zarar ko‘rgan: markaziy kimyoviy laboratoriya, uran konsentratini uran geksaftoridiga aylantiruvchi inshoot, Tehron reaktori uchun yoqilg‘i zavodi va uran geksaftoridini metallga aylantirish uchun qurilayotgan inshoot.
Grossi so‘zlariga ko‘ra, Isfaxon majmuasining boyitilgan uran saqlanishi mumkin bo‘lgan yerosti xonalari hech qanday zarar ko‘rmagan. Vaziyatni yakuniy baholash uchun inspektorlarning obektga kirishi kerak bo‘ladi.
Bu bayonotlar Isroilning Eron yadroviy dasturining muhim obektlariga havo hujumlari uyushtirganidan so‘ng chaqirilgan XAEA Boshqaruvchilar kengashining favqulodda yig‘ilishida aytildi.
Mutaxassislarning fikricha, Isroilning ketma-ket zarbalari Eron yadro dasturiga jiddiy zarar yetkazgan va uni bir necha yil orqaga surgan. Isroil razvedkasiga ko‘ra, Tehron yadro qurolini yaratishiga bir necha hafta qolgan edi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi 4 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 09:12
-
Toshkent–Shanhay o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 08:45
-
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi
Jahon | 08:17
Mavzuga oid

23:05 / 11.07.2025
Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi

12:46 / 10.07.2025
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

08:07 / 10.07.2025
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi

21:27 / 09.07.2025