Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy o‘zining yadroviy arsenalini hammadan tezroq kuchaytirmoqda
Stokholm xalqaro tinchlik tadqiqotlari instituti (SIPRI) 2025 yil uchun yillik hisobotida barcha yadroviy davlatlar ishtirok etayotgan yangi yadroviy qurollanish poygasi boshlanganini bildirdi.

Foto: Mark Schiefelbein / AP
Dunyo yangi yadroviy qurollanish poygasining guvohi bo‘lyapti, unda deyarli barcha to‘qqiz yadroviy davlat — AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Shimoliy Koreya va Isroil o‘zlarining yadroviy arsenallarini modernizatsiya qilish va kengaytirish bo‘yicha jadal dasturlarni amalga oshirmoqda, deyiladi Stokholm xalqaro tinchlik tadqiqotlari instituti (SIPRI)ning 56 yillik hisobotida.
Yangi yadro qurollarini joylashtirish jadallashib bormoqda va yaqin yillarda yangi jangovar kallaklar sonining o‘sishi eskilarini demontaj qilish tezligidan oshib ketadi, deb hisoblaydi SIPRI. «Sovuq urush tugaganidan beri davom etgan dunyoda yadro kallaklarining umumiy sonini qisqartirish davri yakunlanmoqda», dedi hisobot hammualliflaridan biri, SIPRI «Ommaviy qirg‘in qurollari» dasturi tadqiqotchisi Xans M.Kristensen. «Buning o‘rniga, yadroviy arsenallarning ko‘payishi, yadroviy ritorikaning kuchayishi va yadroviy qurollarni nazorat qilish bo‘yicha kelishuvlarni rad etish tendensiyasi aniq», — deydi Kristensen.
SIPRI ekspertlarining qayd etishicha, bu fonda Xitoyning yadro salohiyati ayniqsa tez o‘sib bormoqda. 2023 yildan beri Xitoy armiyasi o‘z arsenalini har yili 100 ga yaqin yadro kallaklariga ko‘paytirmoqda va jami zaxiralar tez orada 600 ta kallakka yetadi. Shu bilan birga, Xitoy qit’alararo ballistik raketalar uchun yuzlab yangi shaxtalar qurmoqda, bu esa 2020-yillarning oxiriga borib Rossiya va AQSh bilan tenglikka olib kelishi mumkin, deb taxmin qilmoqda SIPRI. Bu sur’atda Xitoy 2035 yilga borib 1500 ta jangovar kallakdan iborat arsenalni to‘plashi mumkin, ammo shunga qaramay, u Rossiya va Amerika zaxiralaridan sezilarli darajada kichikroq bo‘ladi. Shimoliy Koreya kichikroq miqyosda bo‘lsa-da, yadroviy arsenalini oshirish maqsadini agressivlik bilan ta’qib etmoqda, deya xulosa qiladi SIPRI.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59
-
ChatGPT bilan muloqotlar sud talabi bilan hukumat topshirilishi mumkin
Jahon | 22:55
-
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini aniqladi
Jahon | 22:40
-
«Qo‘lga tushgan» tizim: selektor voqeasi muammoga ko‘zgu tutdi
O‘zbekiston | 22:31
Mavzuga oid

21:19
Rossiyada sovet qurollari zaxirasi tugab bormoqda

14:48
Xitoy O‘zbekistondagi universitetga salkam 2 mln dollarlik ta’lim granti ajratdi

22:40 / 27.07.2025
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda

21:49 / 27.07.2025