Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp Isroilga Xominaiyni o‘ldirishga ruxsat bermadi
Eronliklar birorta ham amerikalikni o‘ldirmagan ekan, Islom Respublikasi siyosiy rahbariyatining biror a’zosini yo‘q qilish g‘oyasi hatto muhokama qilinmayapti, deyildi Oq uyda.

Foto: KHAMENEI.IR / AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilning Eron oliy rahbari Ali Xominaiyni o‘ldirish rejasiga veto qo‘ydi. Bu haqda 15 iyun, yakshanba kuni Reuters agentligi xabar berdi. «Eronliklar bitta amerikalikni o‘ldirdimi? Yo‘q. Ular shunday qilmaguncha, siyosiy rahbariyatdan (Eron) hech kimni yo‘q qilish g‘oyasi hatto stolda ham yo‘q», dedi ismi sir qolish sharti bilan jurnalistlarga AQSh ma’muriyatining yuqori martabali amaldori.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Amerikaning Fox News kanaliga bu ma’lumotni quyidagicha izohladi: «Hozir hech qachon bo‘lmagan suhbatlar haqida juda ko‘p yolg‘on xabarlar bor va men bunga qo‘shilmoqchi emasman. Aytishim mumkinki, biz qilishimiz kerak bo‘lgan ishni qilyapmiz va qilishimiz kerak bo‘lgan ishni qilamiz. Menimcha, Qo‘shma Shtatlar AQSh uchun nima yaxshi yoki nima yomon ekanini biladi».
Avvalroq The Wall Street Journal ismini oshkor etmagan isroillik mulozimga tayangan holda Xominaiyga hujum qilish «taqiqlanmagani»ni aytgan edi. WSJ manbasi qo‘shimcha qilishicha, Isroil agar bu Eron yadroviy dasturini yo‘q qilishga yordam bersa, Erondagi har qanday ehtimoliy nishonlarga zarba berishi mumkin.
Eronga qarshi harbiy amaliyotning birinchi kunida Isroil harbiy-havo kuchlari Ali Xominaiyning qarorgohiga zarba bergani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41
-
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport | 22:15
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
Mavzuga oid

18:13
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

23:05 / 11.07.2025
Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi

19:55 / 11.07.2025