Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
🔴LIVE: Ikki tomon ham to‘xtamoqchi emas. Isroil-Eron urushi – ekspertlar nazarida
Urushning dastlabki uch kuni o‘tdi. Qanday xulosalar qilish mumkin, kutilmalar qanday? Kun.uz studiyasida jonli efir: siyosiy tahlilchilar Yaqin Sharqdagi keskinlik haqidagi savollarga javob berishadi.
Urushning dastlabki uch kunidan keyingi xulosalar qanday?
Farhod Karimov: Janubiy-Sharqiy Osiyodagi AQShning bir qator aviatashuvchilar va patrul kemalari hozir Yaqin Sharq mintaqasi, xususan, Fors ko‘rfazi tomon harakatlanmoqda. Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad, ehtimoliy Eronga beriladigan zarbalar bo‘lishi mumkin. Isroil AQShni ham shu urushga tortishga harakat qilyapti. Ya’ni tezroq AQSh bu jarayonga qo‘shilsin, qanaqadir provokatsion holatlar bo‘lishi uchun harakat qilyapti. Masalan, o‘sha mintaqadagi Amerika Qo‘shma Shtatlarining harbiy bazalariga Eron zarba bersa-yu, AQSh bu jarayonga qo‘shilsa. Tramp ham Isroilni himoya qilish kerakligini va AQSh qurollaridan Isroilda ham mavjudligini e’tirof etgan, demak AQSh mojaroga kirishishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin.
Urushning muddati masalasiga to‘xtalsak, Eron urushni qabul qildi va qachonki Isroilning hujumi to‘xtamaguncha biz ham to‘xtatmaymiz, dedi. Isroil esa so‘nggi nishongacha hujum qilamiz degan, demak urush uzoq davom etmasa-da, keskinlik yaqin kunlarda saqlanib qoladi.
Fazliddin Madiyev: Boshqa rakursdan qaraydigan bo‘lsak, Yaqin Sharqdagi keskinlik sabab xususiy neft tarmoqlari bunday jarayonni faqat bir hafta ko‘tara olishi mumkin ekan. Agar vaziyat yumshamasa, dunyoda inqirozlarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Ikkinchi tarafdan esa NATO kabi tashkilotlar o‘z zaxirasini bir oylik tartibda shakllantiradi. Tabiiyki, urush ham nari borsa bir oy atrofida bo‘ladi, undan ko‘p emas.
Eron strategik jihatdan dunyoning eng muhim geosiyosiy chizig‘ida va bu hududdagi ta’minotlar uziladigan bo‘lsa dunyoning hamma davlatlariga ta’sir qiladi. Vaziyatdan yutadigan davlatlar ham bor: Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya va neftga boy bo‘lgan davlatlar, jumladan, arablar ham.
Ikkinchi tarafdan, hozir dunyoning hech qayerida bir kilo ham ortiqcha porox yo‘q. Ya’ni eski mojarolar qo‘zg‘alyapti va ertaga nima bo‘lishini bilib bo‘lmaydi. Eron juda murakkab vaziyatda, qo‘shni arab davlatlarida AQSh harbiy bazalari mavjud.
Netanyahuning da’volari o‘zgaryaptimi?
Farhod Karimov: Netanyahu Erondagi yadro inshootlarini zararsizlantirgani va ularsiz endi yadro quroliga ega bo’lish imkonsiz ekanligini aytdi. U to‘xtamoqchi emas, chunki asosiy maqsad Isroilga mintaqada kengayishi uchun xalaqit beradigan kuchni yo‘qotish. Turkiya bilan Suriya masalasida kelishgan ko‘rinada, Arab davlatlari bilan Trampning tashrifi chog‘ida mukoama qilingan ko‘rinadi. Demak Isroil uchun yagona to‘siq bo‘la oladigan davlat Eron edi. O‘ylaymanki vaziyatga qarab Isroilning maqsadlari o‘zgarib boraveradi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
Mavzuga oid

11:30
🔴 LIVE: Tramp Ukrainadagi urushda burilish qilmoqchimi? | “Geosiyosat” haftaligi

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

11:22 / 11.07.2025
🔴 LIVE: Aliyev–Pashinyan va Tramp–Netanyahu uchrashuvlari. Nimalar gaplashildi?

23:17 / 09.07.2025