Jahon | 19:16 / 16.06.2025
1824
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaning tashqi razvedkasiga tarixda birinchi marta ayol kishi rahbar bo‘ladi

47 yoshli Bleyz Metreveli kuzda MI6 rahbari bo‘ladi.

Foto: DPA

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Tashqi ishlar vazirligining Maxfiy razvedka xizmati (MI6, tashqi siyosat razvedkasi) boshlig‘i etib Bleyz Metreveli tayinlanishini ma’lum qildi.

«Metreveli agentlik tarixidagi o‘n sakkizinchi rahbar va Buyuk Britaniya dushmanlari tomonidan tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda bu lavozimdagi birinchi ayol bo‘ladi», deyiladi bayonotda. Metrevelining o‘zi bu tayinlanishdan «g‘ururlanishini» va buni «sharaf» deb bilishini aytdi.

Bleyz Metreveli MI6 amaldagi rahbari Richard Mur o‘rnini egallaydi, u agentlikni 2020 yildan buyon boshqarib kelgan va shu yil kuzida o‘z lavozimini tark etadi. Maxfiy razvedka xizmati rahbari agentlikning yagona oshkor xodimi hisoblanadi.

Bleyz Metreveli 47 yoshda va 1999 yildan beri Britaniya razvedka xizmatlarida ishlaydi, deb yozdi BBC News. Metreveli hozir texnologiya va innovatsiyalar uchun mas’ul bo‘lgan MI6 bo‘limi Q rahbari bo‘lib ishlayapti. Bungacha u Britaniya xavfsizlik xizmati (MI5) – Britaniya kontrrazvedka agentligini boshqargan.

Mavzuga oid