Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda sun’iy intellekt sohasida mutaxassislar tayyorlanadigan Yandex ML School ochiladi
Toshkentda Yandex Uzbekistan kompaniyasi tashabbusi bilan sun’iy intellekt, mashinaviy o‘rganish va ma’lumotlar tahlili sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan maktab – Yandex ML School tashkil etiladi. Bu haqda kompaniya rahbari Izzat Shukurov IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ma’lum qildi.

Foto: Yandex Uzbekistan
Ma’lum qilinishicha, maktab dasturi Yandex mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u oliy kurs talabalari va IT sohasida bazaviy bilimga ega mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Unda ishtirok etuvchilar mukammallashtirilgan mashg‘ulotlar orqali o‘z malakalarini oshirishi va xalqaro talablarga javob beradigan darajaga chiqishi rejalashtirilgan.
Mazkur ta’lim markazi har yili senior darajasidagi kadrlarni yetishtirib beradi. Shu orqali sun’iy intellekt va ma’lumotlar bilan ishlashga ixtisoslashgan mutaxassislar qatlamini shakllantirish, shu bilan birga, ularni iqtisodiyotning turli sohalaridagi amaliyotga jalb qilish ko‘zda tutilgan.
Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, Yandex ML School — O‘zbekistonda IT-ta’limni barcha bosqichlarda rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli strategiyaning bir qismi.
“Biz ta’lim dasturlarimizni yaxlit tizim sifatida qurmoqdamiz — chunki tushunyapmizki, IT-ta’lim faqat katta ekotizimning bir qismi bo‘lganida samarali bo‘ladi. Shuning uchun biz ta’lim loyihalarini barcha bosqichlarda amalga oshiryapmiz: maktab o‘quvchilari uchun dastlabki darslar orqali ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaymiz va hamfikrlarni topishga yordam beramiz, amaldagi mutaxassislar uchun esa ilg‘or dasturlarni taklif etamiz. Yandex ML School’ning ochilishi — O‘zbekistonda texnologik kadrlar va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi yangi qadamdir”, — dedi Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov.
Xabarda markaz faoliyati sun’iy intellekt sohasida mutaxassislar yetishmasligini kamaytirish, IT-infratuzilmani rivojlantirish va sohada raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi
O‘zbekiston | 10:19
-
Ukrainani tiklash: konferensiyada 10 mlrd yevro va’da qilindi
Jahon | 09:56
-
Malayziya O‘zbekistonda bioreaktor tizimiga birinchi zavodni qurishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:37
Mavzuga oid

18:00 / 01.05.2025
O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun ijtimoiy taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi

15:00 / 21.04.2025
Yandex Uzbekistan biznes uchun yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirmoqda

17:00 / 09.04.2025
Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi

19:00 / 07.04.2025