Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida harorat ko‘tariladi
Jumadan quruq va biroz issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Shanba-yakshanba kunlari havo +36…+38, ayrim joylarda +40…+42 darajagacha isiydi. Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.

Foto: Kun.uz
13 iyundan boshlab respublika hududiga janubdan quruq va biroz issiq havo kirib kelishi boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
Jumadan boshlab asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi va havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Kunduzi harorat +33…+35 daraja bo‘ladi.
Dam olish kunlari harorat +36…+38 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda esa +40…+42 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat juma kunduzi +35 daraja atrofida, dam olish kunlari +36…+38 daraja bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

10:21 / 16.07.2025
Davomli jazirama kunlar kelyapti

15:38 / 14.07.2025
Hafta davomida issiq kuchayishi kutilmoqda

16:38 / 11.07.2025
Hafta oxirida harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda

13:18 / 08.07.2025