Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya may oyida Ukrainada deyarli rekord darajada ko‘p hududni egalladi – WSJ
Bu Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganidan dalolat berishi ta’kidlanmoqda.

Foto: AP
2025 yil may oyida Ukrainadagi urush hududida Rossiya ko‘plab aholi punktlarini nazoratga oldi. Bu avvalgi davrdagi oylarga nisbatan deyarli rekord darajada ko‘p, deb yozdi The Wall Street Journal (WSJ).
Rossiya Mudofaa vazirligi o‘tgan oy Rossiya nazoratiga o‘nlab aholi punktlari o‘tkazilgani haqida xabar bergan edi:
- Donetsk viloyatida: Novopol, Volnoye pole, Gnatovka, Shevchenko Pervoye, Novoolenovka, Kotlyarovka, Mixaylovka, Mirolyubovka, Stupochki va boshqalar;
- Sumi viloyatida: Vodolagi, Loknya, Vladimirovka, Belovodi, Konstantinovka va boshqalar;
- Xarkov viloyatida: Stroyevka va Kondrashovka.
Nashrning qayd etishicha, bu Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganidan dalolat beradi – shu sababli mojaro harbiy harakatlar natijasida hal bo‘lishi mumkin.
WSJ Donetskdagi Pokrovsk (Krasnoarmeysk) va Konstantinovka hududlarini, shuningdek, Sumi viloyatini vaziyat eng keskinlashgan asosiy hududlar qatoriga kiritdi. Ukrainalik askarlardan biri nashrga Pokrovskdagi hujumlar kunning istalgan vaqtida davom etayotganini, boshqasi esa Konstantinovka «tezda front chizig‘iga aylanayotganini» aytdi.
«Bu yil yozda biz vaziyat barcha yo‘nalishlarda yomonlashishini kutamiz. Shaxsiy tarkib charchagan. Rotatsiya yetarli emas. Hamma o‘z imkoniyatlari chegarasida jang qilmoqda», dedi Konstantinovka hududida bo‘lgan Ukraina Qurolli kuchlari katta leytenanti.
Ukraina va Rossiya 16 may va 2 iyun kunlari Istanbulda muzokara o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvlarning amaliy natijalari asirlar va o‘lgan askarlarning jasadini almashish bo‘ldi. Ikkinchi uchrashuvda tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish shartlari sanab o‘tilgan memorandumlarni almashishdi.
Agar Kiyev o‘z memorandumida joriy front chizig‘ini «muzokaralarning boshlang‘ich nuqtasi» deb hisoblashni taklif qilgan bo‘lsa, Moskva Ukraina Qurolli Kuchlarini ma’muriy chegaralar doirasida Rossiya tarkibiga kirgan va Rossiya kuchlari to‘liq nazorat qilmaydigan Donetsk, Luhansk, Zaporojiye va Xerson viloyatlaridan olib chiqib ketishni talab qildi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

14:41
Slovakiya Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini bloklashni to‘xtatdi

14:31
Rustem Umerov boshqa ishga o‘tdi

13:47
Pavel Durov Rossiyada Telegram ofisi ochilishini rad etdi

12:55