Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Los-Anjyeles meri AQSh hukumatini shahar ustidan tajriba o‘tkazishda aybladi
Bizning shahrimiz tajriba o‘tkazish obekti sifatida samarali ishlatildi, deydi Los-Anjyeles meri Karen Bass.

Foto: Zuma/TASS
Los-Anjyeles meri Karen Bassning aytishicha, federal hukumat tartibsizliklarni bostirish uchun Milliy gvardiya va dengiz piyoda askarlarini joylashtirish orqali Los-Anjyelesdan «tajriba sifatida foydalanmoqda».
Jurnalistlar bilan suhbatda Bass prezident Donald Trampning Los-Anjyelesga qo‘shin jo‘natish haqidagi qaroriga izoh berdi.
Uning ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyati avvalroq reydlar jinoyatchilar va order berilgan odamlarni nishonga olishini da’vo qilgan, biroq aslida rasmiylar to‘g‘ridan to‘g‘ri ish joylariga borgan.
«Bizga bular hibsga olinadigan odamlar ekanligi aytilmagan va men bizning shahrimiz asosan tajriba o‘tkazish obekti sifatida foydalanilganga o‘xshaydi», dedi Bass.
Los-Anjyelesda ICE tomonidan hibsga olingan noqonuniy muhojirlarni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlar davom etmoqda, namoyishlar ommaviy qo‘lga olishlar va vaqti-vaqti bilan politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketmoqda.
Prezident Tramp vaziyatni barqarorlashtirish uchun Milliy gvardiyani safarbar etayotganini aytib, shahar ma’muriyati va demokrat gubernatorni tartibni saqlamaganlikda aybladi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

11:39 / 11.06.2025
Los-Anjyelesning bir qismida tartibsizliklar tufayli komendantlik soati joriy etildi

22:34 / 10.06.2025
Los-Anjyelesdagi tartibsizliklar: xalqni qo‘zg‘atgan mish-mishlar, Trampning o‘jarligi va hozir nima bo‘layotgani haqida

13:58 / 10.06.2025
Tramp norozilik namoyishlari tufayli Los-Anjyelesga qo‘shinlarni kiritishga chaqirdi

08:00 / 10.06.2025