Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
2024 yilda ularning soni 36,8 million bo‘ldi, bu oldingi yilga nisbatan 559 ming kishiga kam.

Foto: AP
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi (UNHCR) o‘zining yillik hisobotida xalqaro qochqinlar soni 13 yil ichida birinchi marta kamayganini e’lon qildi. 2024 yilda ularning soni 36,8 million bo‘ldi, bu oldingi yilga nisbatan 559 ming kishiga kam. Ta’kidlanishicha, statistik ma’lumotlarga BMT alohida agentligi – UNRWA mas’ul bo‘lgan 5,9 million falastinlik qochqin kirmaydi.
Qayd etilishicha, 2002 yildan beri birinchi marta 9,8 millionga yaqin kishi o‘z mintaqalari yoki mamlakatlariga qaytgan (jumladan, 1,6 million qochqin va 8,2 million ichki ko‘chirilganlar) – bular Suriya, Janubiy Sudan, Afg‘oniston va Ukraina fuqarolaridir.
Biroq hisobotda ta’kidlanishicha, bu qaytishlar ko‘pincha qochqinlarning vatani xavfsiz bo‘lgani uchun emas, balki ularni qabul qilgan mamlakatdagi gumanitar vaziyat yomonlashgani uchun sodir bo‘lgan.
Shu bilan birga, mojarolar, repressiyalar, zo‘ravonliklar va inson huquqlari buzilishi tufayli uyini tark etishga majbur bo‘lganlar soni 123,2 million kishiga yetdi – bu rekord.
Ular orasida:
- 73,5 million ichki ko‘chirilganlar (qochib ketishga majbur bo‘lgan yoki o‘z mamlakatining bir mintaqasidan boshqa hududga majburan ko‘chirilgan);
- 31 million — BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi mandati ostidagi qochqinlar;
- 5,9 million — UNRWA mandati ostidagi falastinlik qochqinlar;
- 8,4 million - boshpana izlovchilar;
- 5,9 million - xalqaro himoyaga murojaat qilgan boshqa odamlar.
2024 yil birinchi yarmida boshpana so‘ralgan yangi arizalar eng ko‘p Qo‘shma Shtatlarda berilgan — 729 ming. Ikkinchi o‘rinda Germaniya – 229,8 ming kishi, Misr, Kanada va Ispaniya uchinchi o‘rinda. Shu bilan birga, xalqaro himoyaga muhtojlarning 73 foizi past va o‘rta daromadli mamlakatlarda yashaydi.
Aholi jon boshiga eng ko‘p qochqinlar Livanda ro‘yxatga olingan, bu yerda har sakkizinchi kishi shunday maqomga ega. Eng ko‘p odam Suriya (6 million), Afg‘oniston (5,8 million) va Ukrainadan (5 million) qochgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

13:45 / 11.07.2025
BMT: Ukrainada iyunda tinch aholi orasida qurbonlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

18:56 / 04.07.2025