Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkong milliy xavfsizlikka tahdid tufayli birinchi marta videoo‘yinni taqiqladi
Rasmiylar bu o‘yinni isyon va hukumatni ag‘darishga chaqirish deb hisoblamoqda.

Foto: ESC Taiwan
Hongkong ma’murlari davlat tartibiga tahdid solishi mumkinligini hisobga olib, video o‘yinni taqiqlash uchun birinchi marta milliy xavfsizlik qonunidan foydalandi.
Bloomberg xabariga ko‘ra, tayvanlik dasturchilar tomonidan yaratilgan Reversed Front: Bonfire mobil o‘yiniga taqiq qo‘yildi. Unda foydalanuvchilar Hongkong, Tayvan, Tibet yoki Xitoyni tanlashi va virtual qarama-qarshilikda, jumladan, kommunistik rejimga qarshi ishtirok etishi mumkin edi.
Hongkong politsiyasiga ko‘ra, o‘yin qurolli qarshilik ko‘rsatish g‘oyalarini targ‘ib qiladi va hukumatni ag‘darishga undaydi. Qonun doirasida rasmiylar o‘yin bilan bog‘liq onlayn kontentni bloklashni boshladi va fuqarolarni uni yuklab olishdan qaytardi. Ushbu ilovaning tarqatilishi yoki hatto o‘rnatilishi endi separatizmga da’vat sifatida talqin qilinishi mumkin.
O‘yin allaqachon Hongkongdagi App Store va Google Play do‘konlaridan yo‘qoldi, ishlab chiquvchilar esa izoh berishdan bosh tortmoqda. Ular avvalroq Google nafrat elementlarini o‘z ichiga olgan foydalanuvchi nomlari ustidan nazorat yetarli bo‘lmagani uchun loyiha o‘chirib tashlanganini aytishgandi.
Mavzuga oid

07:40
Xitoy: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Xitoy va YeI munosabatlariga zarba berdi

20:55 / 22.07.2025
Xitoyda ishga borishni istamaydiganlar uchun klinika ochildi

08:08 / 22.07.2025
Xitoy yuqori texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb qilish rejalashtirilyapti

15:08 / 21.07.2025