Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aeroportda 970 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
«Toshkent xalqaro aeroporti» bojxonachilari tomonidan yirik qonunbuzilishi holatining oldi olindi.

Foto: Telegram / toshkentaero_official
«Toshkent-aero» IBK tezkor tuzilmalari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birgalikda uchib kelgan uch nafar fuqaro belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Ushbu jarayonda mazkur fuqarolar tomonidan yashirilgan, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan zargarlik buyumlari borligi fosh bo‘ldi.
Aniqlangan zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 781 grammni, qiymati taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra salkam 970 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Hozirda ushbu zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida saqlovga olinib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

19:31 / 15.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

12:00 / 23.06.2025