Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning tungi hujumlari: Odessadagi tug‘uruqxonaga dron urildi
Rossiya Odessa va Kiyevga dronlar va raketalar bilan hujum qildi. Kiyevning bir qancha tumanlarida yong‘inlar ro‘y bermoqda, Odessada tug‘uruqxona binosi shikastlangan.

Foto: Telegram / truonline
10 iyun, seshanbaga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina shaharlariga hujumkor dronlardan foydalangan holda navbatdagi yirik hujumni amalga oshirdi. Mamlakatning aksariyat hududlarida havo hujumi sirenalari eshitildi, Odessa va Kiyev rasmiylari esa bir necha «uchib kelishlar» haqida xabar berdi.
Odessada qulagan dron mahalliy tug‘uruqxonalardan birining ma’muriy binosiga zarar yetkazdi, deb xabar berdi shahar meri Gennadiy Truxanov. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Yana bir dron tibbiy yordam punktiga urilib, yong‘inga sabab bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, bino, shuningdek, yaqin atrofda turgan tez yordam mashinalari jiddiy zarar ko‘rgan. Xodimlar jabrlanmagan.
Shu bilan birga, yana bir qancha UUA shahar ichidagi turar joy binolariga, jumladan, ko‘p qavatli uylarga ham urilgan. Bu yong‘in va vayronalarga olib keldi. Ana shunday «uchib kelish»lardan biri natijasida bir fuqaro halok bo‘ldi, yana uch nafari yaralandi.
Mavzuga oid

14:40
Rossiyada «chet el agentlari» ro‘yxati yana kengaytirildi

13:06
Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi Slovakiyaga bog‘liq bo‘lib qolmoqda

11:55
Rossiya konserva ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyani milliylashtirdi

10:36