Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elchixonasi Moskvadagi holat yuzasidan Rossiyaga nota yubordi
RF hududida ayrim holatlarda O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan qo‘pol muomalalar kuzatilmoqda. Tashqi ishlar vazirligi bunday xabarlar tashvish uyg‘otayotganini bildirib, Rossiyaning tegishli idoralarini hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi.

Foto: Videodan kadr
Bugun, 10 iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Rossiya tomoni bilan har oy migratsiya masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi, deb yozadi TIV matbuot kotibi.
Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi hududida ayrim holatlarda O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan ruxsatsiz tekshiruvlar, hurmatsizlik va qo‘pol muomalalar kuzatilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar tashvish uyg‘otayotgani ta’kidlangan.
Bunday holatlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga aslo to‘g‘ri kelmasligi, ularning oldini olish uchun aniq chora-tadbirlar zarurligiga e’tibor qaratilgan.
«O‘zbekiston xorijda yashayotgan va vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu masala yuzasidan O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi tomonidan ham Rossiya tomoni bilan tegishli diplomatik kanallar orqali muloqot olib borilmoqda. O‘zbekiston tomoni barcha fuqarolarga nisbatan xalqaro huquq va inson huquqlariga rioya qilinishini ta’minlashga chaqiradi.
«Shu munosabat bilan, Rossiya Federatsiyasining tegishli idoralarini O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaslikka chaqirib qolamiz.
Moskvadagi holat yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Elchixonamiz tomonidan nota yuborilib, Rossiya TIVdan ushbu holatga izoh berish hamda inson huquqlari yaqqol buzilganligi aks etganligi, bu esa qabul qilib bo‘lmas holatligi ta’kidlanib, kuch ishlatar tashkilot vakillarining harakatlariga huquqiy baho berish so‘ralgan», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu masalani o‘zining doimiy nazoratida ushlab turadi va kerakli hollarda qo‘shimcha choralar ko‘rishni davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, 8 iyun kuni Rossiya kuchishlatar tuzilmalari Moskvada o‘tkazgan reyd tadbirlarida migrantlarni haqoratlab, kuch ishlatdi. Sankt-Peterburgdagi reydda esa 200 kishi ko‘chada tunashga majbur bo‘lgan. Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi holat nazoratga olinganini aytib, jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lsa murojaat qilishni so‘radi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

21:37 / 17.07.2025
“Vagner”ga yollangan o‘zbekistonlik jinoiy jazoga tortildi

15:53 / 17.07.2025
Rossiya «dushman» davlatlar taomlariga soliq solishi mumkin

15:08 / 17.07.2025
Fitso Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini bloklash bilan tahdid qildi

08:30 / 17.07.2025