Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
Kun.uz’ning “Ob-havo va qishloq xo‘jaligi” ruknining navbatdagi sonida iyun oyidagi ob-havo sharoiti va uning qishloq xo‘jaligiga ta’siri tahlil qilindi. Sinoptiklar iyun oyida O‘zbekiston hududida salqinroq kunlar nisbatan ko‘proq hukm surishini prognoz qilmoqda.

Kamoliddin Ikromov: Oldinroq ta’kidlaganingizdek, may oyi so‘ngi va iyun boshlarida respublikada salqin ob-havo foni kuzatildi. Ayting-chi, bunday muhit qishloq xo‘jaligiga qanday ta’sir qildi?
Erkin Abdulahatov: Darhaqiqat, avvalgi soha prognozi o‘zini oqladi va yoz boshida aholi ob-havoning sezilarli salqinlashganini his qildi. Bu holat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari rivoji uchun ijobiy bo‘ldi — o‘simliklar turli stresslardan saqlandi. Bahor oxiri va yoz boshida salqinlik turli havo oqimlarining almashinishi natijasida yuzaga keldi, lekin bu jarayonda kuchli shamollar ham kuzatildi. Ular ba’zi yerlarda bug‘doylarning yotib qolishi va bog‘dorchilikdagi mevalarning to‘kilishini keltirib chiqardi. Biroq bu zarar katta emas. May oyi oxirida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida kuchli do‘l hodisalari kuzatildi va bu bog‘dorlarga jiddiy zarar yetkazdi — hosilning 30–70 foizi yo‘qoldi.
Kamoliddin Ikromov: Kelayotgan o‘n kunlik va umuman oy davomida ob-havo qanday bo‘ladi? Dehqonlar g‘alladan bo‘shagan yerlarda ikkinchi ekinlarni ekish va parvarish qilishda qanday sharoitlarga tayyor turishlari kerak?
Erkin Abdulahatov: Iyun oyining o‘rtalarida bir necha kunlik jaziramalarni istisno qilganda, oyning ikkinchi yarmi nisbatan salqinroq o‘tishi kutilmoqda. Qisqa muddatli issiqlik ortidan salqin shamollar kirib kelishi ehtimoli bor. Bu holat “karusel”ga o‘xshaydi: bir issiq, bir salqin – iyunga xos manzara. Yog‘inlar nuqtayi nazaridan shimoliy hududlarda vaziyat yaxshiroq, lekin bu “yog‘inga suyanib urug‘ ekish” degani emas.
Joriy oyda ikkinchi ekinlar rivoji uchun asosiy omil — suv manbalari. Omborlardagi suv zaxirasi va daryo-soylardagi oqim bu jarayonda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Dehqon va fermerlar kayfiyati uchun esa muhim omil – yozning birinchi oyidagi haroratning me’yorda bo‘lishi.
Kelayotgan haftaning boshidan mintaqamizga Turkmaniston orqali +40 darajali issiqlik to‘lqini kirib kelmoqda. Bu to‘lqin seshanba va chorshanba kunlari shimol, janub, Buxoro va Navoiy viloyatlarini qamrab oladi. Payshanba kuni esa vodiydan tashqari respublika hududlariga tarqalishi kutilmoqda. Juma kunidan e’tiboran salqin ob-havo qayta kuzatiladi.
Kamoliddin Ikromov: Yozning eng issiq oylari – iyul va avgustda qanday ob-havo kutilmoqda?
Erkin Abdulahatov: Jahon meteorologik tashkiloti, O‘zgidromet va iqlim markazlari ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida harorat me’yordan 1 daraja, vodiy va tog‘li hududlarda esa 1–2 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Avgust oyi ham shunga o‘xshash bo‘ladi. Ammo yog‘inlar jihatidan vaziyat boshqacha — juda kam yog‘inli, hatto favqulodda qurg‘oqchilik bo‘lishi mumkin. Shimolda vaziyat nisbatan yaxshiroq. Biroq yoz yog‘inlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari rivojiga sezilarli ta’sir qilmasligini unutmaslik kerak — ular faqat changni bosish va havoni biroz sovitish uchun xizmat qiladi xolos.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

10:21 / 16.07.2025
Davomli jazirama kunlar kelyapti

10:53 / 15.07.2025
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

23:03 / 08.07.2025
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz

14:20 / 08.07.2025