Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XJS Netanyahu va Gallantni hibsga olishga order bergan sudyalarga qarshi AQSh sanksiyalarini qoraladi
Xalqaro jinoiy sud Vashingtonning harakatlarini sud mustaqilligiga hujum sifatida baholadi.

Foto: Reuters
Xalqaro jinoiy sud (XJC) AQShning Apellyatsiya palatasida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olish orderlarini ko‘rib chiqayotgan to‘rt sudyaga qarshi yangi sanksiyalarini qoraladi.
XJC rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, Vashington tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar 125 davlat mandati ostida faoliyat yurituvchi xalqaro sud organi mustaqilligiga putur yetkazishdir.
«Adolat izlayotgan odamlarga hujum qilish mojarodan aziyat chekayotgan tinch aholiga foyda keltirmaydi. Aksincha, bundan qutulish mumkinligiga ishonganlarnigina ruhlantiradi», deyiladi bayonotda.
Shuningdek, sanksiyalar nafaqat aniq sudyalarga, balki butun tuzilmaga, jumladan, uning xodimlariga, a’zo davlatlar fuqarolari va XJS tarafdorlariga ham qaratilgani ta’kidlangan. XJS urush jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar, genotsid va tajovuz qurbonlari uchun adolatni ta’minlash uchun Rim statuti va adolat tamoyillariga to‘liq rioya qilgan holda ishlashni davom ettirishga va’da berdi.
Sanksiyaga tushgan sudyalar orasida sud raisi o‘rinbosari, beninlik sudya Reyn Adelaida Sofi Alapini Gansou, ugandalik sudya Solomi Balungi Bossa, perulik Luz del Karmen Ibanez Karansa va sloveniyalik Beti Xokler bor.
Avvalroq AQSh XJS prokurori Karim Xonga nisbatan sanksiyalar kiritgan edi. Falastin ishini ko‘rayotgan olti nafar sudyadan to‘rt nafariga sanksiya qo‘llangan. Fransuz va yapon sudyalari sanksiya ro‘yxatiga kiritilmagani ham e’tiborni tortdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

12:19 / 23.07.2025
Bloomberg: YeI sanksiyalari Hindistondagi "Rosneft" zavodiga zarba berdi

10:44 / 23.07.2025
AQSh energetika vaziri: Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar «juda real»

07:40 / 23.07.2025
Xitoy: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Xitoy va YeI munosabatlariga zarba berdi

23:12 / 21.07.2025