Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva AQSh davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Tomonlar ta’lim va madaniyat sohasidagi almashinuvlarga, jumladan, Amerika universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish rejalariga alohida e’tibor qaratdi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha byurosi rahbari vazifasini bajaruvchi – AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Erik Meyyer bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, Mirziyoyeva va Meyyer ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilgan.
Ta’lim va madaniyat sohasidagi almashinuvlarga, jumladan, Amerika universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish rejalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilingan. Bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar: tadbirkor ayollar uchun dasturlar, moliyaviy resurslarni taqdim etishda shaffoflikni ta’minlash yo‘lidagi qadamlar haqida so‘z yuritilgan.
«Amerikalik hamkorlarimizga doimiy qo‘llab-quvvatlash va ochiq muloqot uchun minnatdorlik bildiramiz. Ishonamizki, oldinda birgalikda erishiladigan natijalar hali ko‘p», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32 / 12.07.2025