Jamiyat | 19:35 / 08.06.2025
9834
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi

Chilonzor tumanining qator ko‘chalarida 10 iyun kuni soat 16:00 dan boshlab, tadbir to‘liq tugagunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi.

Foto: IIBB YHXB axborot xizmati

10 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Qatar terma jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bosqichi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Chilonzor tumanining qator ko‘chalarida soat 16:00 dan tadbir to‘liq tugagunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Vaqtinchalik yopiladigan ko‘chalar:

  • Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota—Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Chilonzor va KHAY ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor—Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi — KHAYdan—Muqimiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Shuningdek, tadbir davrida quyida keltirilgan ko‘chalarda harakat vaqti-vaqti bilan qisman cheklanadi:

  • Alisher Navoiy—Furqat ko‘chalari chorrahasidan;
  • Sebzor—Ganga ko‘prigidan Furqat ko‘chasi tunnelga tushishdan;
  • Zarqaynar ko‘chasi tunnelga tushish;
  • Bunyodkor ko‘chasi Kamolon ko‘prik ostidan;
  • Bunyodkor ko‘chasi 2-darajali asosiy yo‘lga chiqish Ozarboyjon elchixonasi asosiy yo‘lga chiqishdan;
  • Qatortol—Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan;
  • Chilonzor—Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan;
  • Bunyodkor-KHAY ko‘chalari chorrahasidan;
  • Bunyodkor 2-darajali yo‘li—Qatortol ko‘chalari chorrahasidan;
  • Chilonzor—Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan;
  • Bunyodkor—Gavhar ko‘chalari chorrahasidan;
  • THAY—Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan;
  • «Erkin» YPX maskanidan og‘ir yuk mashinalari va Cho‘ponota—Shota Rustavelli ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi.

«Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz», — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid