Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi
Work and Travel dasturi asosida Germaniyaga borgan talabalar qiyin moliyaviy ahvolda qolgan. Ular Frankfurt-Mayn shahridagi faol vatandoshlar ko‘magida Bosh konsulxonaga olib kelingan.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari yoz mavsumida tashkil etiladigan Work and Travel dasturi asosida Germaniyaga kelgan va qiyin moliyaviy ahvolda qolgan Qoraqalpoq davlat universiteti talabalariga amaliy yordam ko‘rsatdi.
Qayd etilishicha, tashkiliy masalalarda yo‘l qo‘yilgan ba’zi kamchiliklar sababli safarning birinchi kunidan rejalashtirilgan manzil va ish joyiga yetib bora olmagan hamda yotoqsiz qolgan 14 nafar talaba diplomatlar va Frankfurt-Mayn shahridagi faol vatandoshlar ko‘magida Bosh konsulxonaga olib kelingan.
Germaniyaga kelgan mazkur talabalar bilan muammolarning yuzaga kelish sabablari, mahalliy ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasining bajarilish holatlari bo‘yicha suhbat o‘tkazilgan. Ularga Germaniyada bo‘lish qoidalari tushuntirilgan, o‘z xavfsizliklarini ta’minlash, shaxsiy mulk va hujjatlarini ehtiyot qilishlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rishlari lozimligi aytib o‘tilgan.
Moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda qolgan talabalarga tezkorlik bilan yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan har bir talaba belgilangan me’yorda kunlik xarajatlar uchun zarur mablag‘ bilan ta’minlangan va mehmonxonada yashash xarajatlarini qoplash berish yuzasidan agentlik bilan kelishib olingan.
Shuningdek, talabalarga Frankfurt-Mayn shahridan vaqtincha yashab turishlari uchun mehmonxonadan joy olishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.
«Hamyurtlarimizni vaqtincha ish bilan ta’minlashda vositachilik qilgan Germaniyaning Nova Agency kompaniyasi mas’ul xodimlari bilan kechgan muloqotda yuzaga kelgan muammolar muhokama qilindi. Bosh konsulxona diplomatlari talabalarning shartnoma bo‘yicha belgilangan ish joyiga yetib borishi va mehnat faoliyatini boshlashlari bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Mavzuga oid

14:13 / 19.07.2025
Germaniya Patriot tizimlarini olish uchun navbatda birinchi bo‘lib turibdi

11:43 / 19.07.2025
Rossiya Germaniya bilan harbiy-texnik hamkorlikni to‘xtatdi

10:06 / 19.07.2025
Germaniya va Buyuk Britaniya strategik shartnoma imzoladi

07:34 / 19.07.2025