Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
1999 yildan buyon uni qidirish ishlari faol olib borilayotgan edi.

Foto: David Knight
Avstraliya milliy dengiz muzeyi tadqiqotchi Jyeyms Kukning birinchi va Avstraliyaning sharqiy qirg‘oqlariga yetib borgan Yevropaning birinchi kemasi mashhur Endeavour cho‘kib ketgan joyni tasdiqladi. Uzoq vaqt davomida uning halokati joyi bahsli edi.
26 yillik tarixiy va arxeologik tadqiqotlarga asoslangan yangi hisobotga ko‘ra, cho‘kib ketgan kema AQSh Rod-Aylend shtatidagi Nyuport bandargohining loyqa tubida joylashgan.
1768 yilda Endeavour Angliyadan Tinch okeani bo‘ylab kashshof sayohatga chiqdi. Ekspeditsiya davomida kema kapitani Jyeyms Kuk «noma’lum janubiy yerlarni» hujjatlashtirmoqchi bo‘ldi. Natijada, u va uning ekipaji birinchi marta Yangi Zelandiya va Sharqiy Avstraliya qirg‘oqlarini xaritaga chizdi.
Britaniyaga qaytib kelgach, kema sotildi va nomi Lord Sandwich deb o‘zgartirildi. Keyinchalik u Amerika mustaqilligi urushida Britaniya qo‘shinlarini tashishda xizmat qildi va eskirgach, qamoqxonaga aylantirilgan. 1778 yilda fransuzlar Narragansett ko‘rfazini to‘sib qo‘yganida, u o‘nlab boshqa eski kemalar bilan birga ataylab cho‘ktirildi.
Uni izlash jarayoni 1999 yilda boshlandi va shundan beri dengiz arxeologlari bir necha kema qoldiqlarini topdi. 2022 yilda olimlar nihoyat haqiqiy Endeavour kemasini topdi, ammo ba’zi ekspertlar identifikatsiyani erta deb hisobladi. Dalillarni to‘plash va topilmalarini tasdiqlash uchun Avstraliya muzeyiga uch yil kerak bo‘ldi.
«Bu bizning loyiha bo‘yicha yakuniy bayonotimiz. Biz arxeologik guruh va 25 yildan ortiq vaqt davomida ishlagan ko‘plab mutaxassislarga o‘z minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz», dedi muzey direktori Daril Karp.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

07:47 / 15.07.2025
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi

23:51 / 14.07.2025
Avstraliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi

19:14 / 14.07.2025
Avstraliyada 19 ta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

18:24 / 10.07.2025