Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashgani haqida xabar berdi.

Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbat 1 soat 15 daqiqa davom etgan.
Tramp va Putin Ukrainaning Rossiya aerodromlariga hujumini, shuningdek, har ikki tomon amalga oshirgan «boshqa hujumlar»ni muhokama qilgan.
«Bu yaxshi suhbat bo‘ldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan suhbat emas», dedi AQSh prezidenti.
Suhbatda Rossiya prezidenti «aerodromlarga yaqinda uyushtirilgan hujumlarga javob berishga majbur bo‘lishini» «juda qat’iy» aytgan.
Tramp va Putin Eron va yadroviy qurollar masalasini ham muhokama qilgan.
«Prezident Putinga Eron yadro quroliga ega bo‘lolmasligini aytdim va o‘ylaymanki, biz bu borada yakdil fikrdamiz. Putin Eron bilan muzokaralarda qatnashishni va ehtimol, yechim topishda yordam berishni taklif qildi», dedi AQSh rahbari.
Kreml hozircha suhbat bo‘yicha o‘z versiyasini taqdim etmadi.
Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga qaytganidan keyin Vladimir Putin bilan to‘rtinchi marta telefon muloqotini o‘tkazdi. Bungacha ular 19 may kuni suhbatlashdi. Shundan so‘ng, Tramp Ukraina, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Finlyandiya va Yevrokomissiya rahbarlari bilan muloqot qildi. Xabar qilinishicha, ular Putin va Tramp o‘rtasidagi kelishuvlar tavsifidan «hayratda qolgan». Suhbat mazmuni haqida xabar berilmadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

12:59
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

20:08 / 12.07.2025