Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Saylovga tayyor nomzodlar yo‘q edi” – Koreyada navbatdan tashqari saylov qanday o‘tdi?
Olti oylik prezidensiz boshqaruvdan keyin Koreya fuqarolari 3 iyun kuni yangi prezidentni saylash uchun ovoz berdi. Nomzodlar 5 kishi bo‘lsa-da, asosiy kurash 3 nomzod o‘rtasida bormoqda. Oxirgi 18 yil ichida birinchi bor saylov ayol nomzodlarsiz o‘tdi. Seul universiteti tadqiqotchisi Botirali Hozirovga ko‘ra, bu saylov birdan o‘tkazilgani uchun partiyalarda tayyor nomzod yo‘q edi. Xalqqa eng taniqlisi Li Chje Myon bo‘lgani uchun demokratlarning g‘alabasi tayindek.

Yun Sok Yolning impichmenti sabab prezident saylovi muddatidan 2 yil avval o‘tkazildi. U e’lon qilgan harbiy holat o‘zining impichmentigacha olib keldi. 2022 yilgi saylovda Yun Sok Yolning asosiy raqibi bo‘lgan demokrat nomzod Li Chjye Myong juda kichkina farq bilan g‘alabani qo‘ldan boy bergan edi. Bu galgi nomzodlar ichida esa u eng taniqlisi.
“Li Chjye Myong va konservatorlarning 71 yoshli nomzodi Kim Mun Su o‘rtasidagi farq katta, chunki Kim Mun Su taniqli siyosatchi emas va siyosatda no‘noq. Li Chjye Myong esa ikki viloyatda mer bo‘lgan va xalq ishonchini qozona olgan. U hattoki, huquqshunos va Koreya bosh prokurori bo‘lgan Yun Sok Yoldan ham yaxshiroq vakil edi aslida. Biroq 2022 yilda saylovga oz muddat qolganida u haqda tarqatilgan xabarlar elektorat fikrini o‘zgartirgandi. Bu gal Li Chjye Myong g‘alabaga juda yaqin, uning saylanishi aniq bo‘lib turibdi”, - deydi Botirali Hozirov.
Uchinchi nomzod esa 40 yoshli Li Chjun Sok. U konservativ “Yangi islohotlar” partiyasi vakili, biroq Li Chjon Sokning g‘alaba qozonishiga xalq ham, boshqa partiyalar ham ishonayotgani yo‘q. Eng katta omil shuki – Li Chjun Sokni yoshi katta qatlam qo‘llayotgani yo‘q, uning elektorati yoshlar. Koreyada esa saylov taqdirini yoshi katta qatlam hal qiladi, deydi suhbatdoshimiz.
Eslatib o‘tamiz, Koreya Respublikasining bugungi aholisi 52 million kishini tashkil qiladi va shundan 44,4 million fuqaro bu galgi saylovda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan. Muddatidan avval ovoz berish esa 29 may kunidan boshlandi. 15 million saylovchi muddatidan ilgari ovoz berib bo‘lgan. Koreyaning xorijda yashovchi fuqarolari uchun esa 20-25 may kunlari ovoz berish tashkil qilingandi.
Saylovning dastlabki natijalari Koreya vaqti bilan 4 iyun, tonggi soat 06:00 ga qadar e’lon qilinishi kutilmoqda.
Suhbatni Kun.uz'ning YouTube'dagi sahifasida to‘liq tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.
Shohrux Majidzoda suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TSAHAL ilk bor Eron hujumi oqibatida harbiy obektlarga shikast yetganini tan oldi - Reuters
Jahon | 05:05
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
Mavzuga oid

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

17:11 / 06.07.2025
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni yana hibsga olishni so‘ramoqda

16:46 / 05.07.2025
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi

23:11 / 04.07.2025