Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Pokiston qishloq xo‘jaligi texnikalarini birgalikda ishlab chiqaradi

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida "AgroTech Klaster" MChJ vakillarining Pokistonga ishchi safari tashkil etildi. Lahor shahriga safar davomida Pokistonning traktor va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari, shuningdek, Pokiston Sanoat va ishlab chiqarish vazirligi, Millat Tractors, Al-Ghazi Tractors, "Pokiston avtomobil va qishloq xo‘jaligi uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi", Hamza Wazir Tractors, Buraq tractors kabi yetakchi traktor kompaniyalarining ishlab chiqarish quvvatlari va qo‘llaniladigan texnologiyalar bilan joyida tanishdi.
AgroTech Klaster MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan traktor va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda ularning afzalliklari, texnik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hamkor tomonni qiziqtirgan savollar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, traktor va turli qishloq xo‘jaligi texnikalarini O‘zbekiston va Pokistonda birgalikda ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mamlakat delegatsiyasi vakillari, shuningdek, Pokiston mashinasozlik, jumladan traktor vositalari va qishloq xo‘jaligi texnikalari bozoriga oid marketing ma’lumotlari, mahalliylashtirish darajasi, sohaga oid qonunchilik talablari bilan ham batafsil tanishdi.
Muzokaralar natijasida 50-85 ot kuchiga ega bo‘lgan, ikki davlat iqlimiga moslashtirilgan traktorlarni va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarini hamda ular uchun ehtiyot qismlarni birgalikda ishlab chiqarishni ilgari surish, mahsulotlar narxini optimallashtirish masalalarida kelishuvlarga erishildi.
O‘zaro muloqotni davom ettirish, AgroTech Klaster MChJ faoliyati bilan joyida tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni muhokama qilish uchun Pokistonning qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchilari O‘zbekistonga taklif etildi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Meduza» asoschisi Timchenko Rossiyada sirtdan hibsga olindi
Jahon | 12:21
-
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi
Iqtisodiyot | 12:15
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi (video)
Jamiyat | 11:56
-
London va Parij yadroviy tiyib turuvchi kuchlarni muvofiqlashtiradi
Jahon | 11:53
Mavzuga oid

07:55
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli mablag‘ ajratiladi

10:27 / 09.07.2025
Ekinlar urug‘liklarining sifatini baholash tizimi isloh qilinadi

12:36 / 08.07.2025
Jizzaxda qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani ma’lum bo‘ldi

12:34 / 08.07.2025