Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abbos Fayzullayev Rossiyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik futbolchi o‘yindan keyingi intervyusida muxlislarga o‘zbek tilida minnatdorchilik bildirib, BAAga qarshi o‘yinda jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritilishiga umid bildirdi.

Foto: Dmitriy Golubovich/Chempionat
Rossiya kubogi. Superfinal
1 iyun, «Lujniki»
«Rostov» — «TsSKA» 0:0
Penaltilar seriyasi — 3:4.
«Rostov» — Yatimov, Ronaldo, Melexin, Sako, Osipenko, Vaxaniya (Langovich, 88), Shetinin (Bayramyan, 88), Shantaliy, Kuchayev (Komarov, 73), Komlichenko, Golenkov (Sutormin, 79).
TsSKA — Akinfeyev, Gayich, Diveyev, Villian Rosha, Moyses, Oblyakov, Kislyak, Bistrovich (Fayzullayev, 73), Pyanich, Koyta (Musayev, 67), Guarirapa (Glebov, 87).
Ogohlantirishlar: Melexin (45+5), Sako (58), Shetinin (82).
Moskvadagi «Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tgan Rossiya Kubogi–2024/25 superfinalida TsSKA jamoasi «Rostov» ustidan g‘alaba qozonib, kubokni o‘ziniki qildi.
Birinchi bo‘limda armiyachilar futbolchisi Ivan Oblyakov uzoq masofadan darvozani ishg‘ol etgandi, biroq gol ofsayd tufayli inobatga olinmadi.
O‘yinning qolgan qismida ham 0:0 hisobi o‘zgarmay qoldi. Natijada jamoalar barcha masalaga penaltilar seriyasida oydinlik kiritadigan bo‘ldi.
Futbol lotereyasida esa tajribali Igor Akinfeyevning seyvi Moskva klubiga g‘alaba taqdim etdi.
Shu tariqa, TsSKA o‘z tarixida 9-bor mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa bu borada Moskvaning yana bir klubi — «Lokomotiv» bilan tenglashdi.
Chempionlar safida o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Abbos Fayzullayev 73-daqiqada zaxiradan tushirildi.
Penaltilar seriyasida ungacha navbat yetib kelmadi.
Rossiyadagi faoliyati davomida ilk sovrinini qo‘lga kiritgan Abbos Fayzullev o‘yindan keyin «Match TV» muxbiri savoliga o‘zbek tilida javob qaytardi.
«O‘zbekcha gapirmoqchiman. Qo‘llab-quvvatlagan barchaga katta rahmat. Butun O‘zbekiston xalqini g‘alaba bilan tabriklayman. Xudo xohlasa, 5 iyun kuni yana bir g‘alabaga erishib, jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz», – degan 21 yoshli yarimhimoyachi.
Futbolchi Sport24’ga bergan intervyusida o‘z jamoasi g‘alabaga haqliroq bo‘lganini aytib o‘tgan.
«Bu klubim safidagi birinchi sovrinim, tabiiyki, shaxsan men uchun ko‘p narsani anglatadi. Finalga qadar ancha qiyinchiliklarni boshdan kechirdik, oson bo‘lmagan o‘yinlarni o‘tkazdik, ayniqsa, «Zenit»ga qarshi penaltilar seriyasida ajoyib tarzda g‘alaba qozondik. O‘ylaymanki, biz sovringa loyiq edik.
Yakunlangan mavsumni avvalgisiga nisbatan yomon o‘tdi degan bo‘lardim. O‘tgan yili shaxsiy ko‘rsatkichlarim 5 gol va 14 assist edi. Bu yil esa 3+8 bilan yakunlandi.
Buni ikkinchi davrada maydonda pozitsiyamni o‘zgartirganim bilan bog‘layman. Bu shaxsiy ko‘rsatkichlarimga ta’sir qildi. Mavsumni yaxshi boshlagandim, keyin maydondagi pozitsiyamni o‘zgartirishimga to‘g‘ri keldi. To‘g‘ri, statistik ko‘rsatkichlarim o‘zim kutganchalik chiqmadi. Ammo yangi pozitsiyada ham samarali o‘yin ko‘rsatishga harakat qildim», – dedi Fayzullayev.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailand va Kambodja to‘rt kunlik urushdan so‘ng muzokaralarni boshlashga kelishib oldi
Jahon | 12:03
-
Qaysi hududda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi aytildi
O‘zbekiston | 12:02
-
Marg‘ilonda 35 mln dollarlik city qurilishi boshlandi
O‘zbekiston | 11:43
-
Davlat organlarida ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalar birinchi rahbar bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 11:29
Mavzuga oid

22:15 / 12.07.2025
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi

16:24 / 05.06.2025
Abbos Fayzullayev Rossiyada Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi bo‘ldi

12:26 / 05.06.2025
Son ham, sifat ham yetarli. Legionerlar muhim o‘yinlarga qanday holatda yetib keldi?

15:34 / 14.12.2024