Jahon | 17:53 / 02.06.2025
1674
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyo davlatlari va Hindiston tashqi ishlar vazirlari uchrashadi

Sammit 5-6 iyun kunlari Nyu-Dehlida o‘tkaziladi.

Foto: ojikiston TIV

5-6 iyun kunlari Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Hindiston tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tojikiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, Dushanbeda Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Hindiston tashqi ishlar, atrof-muhit, o‘rmon xo‘jaligi va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha davlat vaziri Kirti Vardxan Singx o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

«Suhbat chog‘ida 2025 yil 5-6 iyun kunlari Dehli shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo – Hindiston» forumi tashqi ishlar vazirlarining bo‘lajak uchrashuvi masalalari muhokama qilindi», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid