Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ»ning finaldagi g‘alabasidan so‘ng Parijda tartibsizliklar yuzaga keldi
200 ga yaqin kishi jarohatlangan, ikki kishi halok bo‘lgan. 550 dan ortiq kishi qo‘lga olingan.

Foto: Getty Images
Yakshanbaga o‘tar kechasi Fransiya politsiyasi Parijda «Pari Sen-Jyermen» futbol klubining Chempionlar ligasi finalidagi g‘alabasini nishonlash to‘qnashuv va tartibsizliklarga aylanib ketganidan keyin 550 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.
Shanba kuni «Pari Sen-Jyermen» Myunxendagi o‘yinda Milanning «Inter» klubini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va o‘z tarixida ilk bor Yevropa klublari futbolidagi eng nufuzli kubok sohibiga aylandi.
O‘yinni tomosha qilish va keyin g‘alabani nishonlash uchun Parij markazidagi Yelisey maydonlari va «Pari Sen-Jyermen»ning uy arenasi bo‘lgan «Park de Prens» stadioni yonida 50 mingga yaqin muxlis yig‘ildi.
Muxlislarning ko‘pchiligi o‘zlarini osoyishta tutishar, ularning ko‘pchiligi Parij ko‘chalarida qo‘shiq aytishar va raqsga tushishardi.
Eyfel minorasi «Pari Sen-Jyermen» ranglariga bo‘yalgan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X tarmog‘idagi akkauntida klubni tabrikladi: «„PSJ“ uchun ajoyib kun! Barakalla, hammamiz faxrlanamiz. Bugun kechqurun Parij Yevropaning poytaxtiga aylandi».
Biroq bayramni nishonlayotgan ba’zi muxlislar mushakbozlik, mashinalarga o‘t qo‘yish va avtobus bekatlarini buzishga kirishdi. Politsiya bilan to‘qnashuvlar boshlandi.
Fransiya poytaxti ko‘chalarida 5,4 mingga yaqin politsiyachi bo‘lgan.
Hibsga olingan 559 kishining aksariyati tartibsizliklarda, shuningdek, mushakbozlik uyushtirishda gumon qilinmoqda.
«Yelisey maydonlarida tartibsizliklar uyushtirishga uringanlar politsiya bilan doimiy ravishda to‘qnashuvlarga kirishgan, katta mushakbozlik va boshqa obektlarni uloqtirishgan», – deyiladi politsiya xabarida.
Le Figaro nashri yozishicha, hibsga olinganlarning aksariyati – 491 kishi – Parijda. Jami 320 nafar tartibbuzar qamoqqa olingan.
Rasmiylarga ko‘ra, tartibsizliklar chog‘ida kamida 192 kishi, jumladan 22 nafar xavfsizlik xodimi va yetti nafar o‘t o‘chiruvchi jarohatlangan.
Politsiya o‘t qo‘yish bilan bog‘liq 692 ta holatni qayd etgan, jumladan 264 ta transport vositasi yoqib yuborilgan.
Ikki kishi halok bo‘ldi. Daks kommunasida 17 yoshli o‘smir ko‘chada g‘alabani nishonlash paytida pichoq zarbasidan jarohat olgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan va u yerda jon bergan.
Parijning 15-okrugida bayram vaqtida skuterda ketayotgan ayolni esa mashina urib ketdi.
Grenoblda avtomobil bayramni nishonlayotgan olomon ustiga bostirib kelgan, oqibatda to‘rt kishi jarohatlangan. Ular ikki nafari og‘ir ahvolda.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan kadrlarda ba’zi odamlar Yelisey maydonidagi do‘konlarga, jumladan, Chanel moda butigi va Foot Locker poyabzal do‘koniga bostirib kirishga urinayotganini ko‘rish mumkin.
Ma’lum qilinishicha, politsiya G‘alaba arkasi tomon o‘tmoqchi bo‘lgan olomonni tarqatish uchun suv purkagichdan foydalangan, shuningdek, ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanilgani haqida ham ma’lumotlar bor.
Politsiya bilan to‘qnashuvlar Parij halqa yo‘lida ham sodir bo‘ldi. «Park de Prens» stadioni yaqinida kamida ikkita mashina yoqib yuborilgan.
Fransiya ichki ishlar vaziri Bruno Retayo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday yozdi: «„“ning haqiqiy muxlislari o‘z jamoasining ajoyib o‘yinidan zavqlanishmoqda. Bu orada varvarlar jinoyat qilish va politsiyani provokatsiya qilish uchun Parij ko‘chalariga chiqishdi».
Yakshanba kuni «PSJ» futbolchilari Yelisey maydonlarida g‘alaba paradini o‘tkazadi, unda o‘n minglab muxlislar ishtirok etishi kutilmoqda. Makron ofisi prezident futbolchilarni Chempionlar ligasidagi g‘alaba bilan tabriklash uchun qabul qilishini bildirgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
-
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda
Jahon | 15:50
-
Farg‘onada tanishini urib ketgan haydovchi qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda
O‘zbekiston | 15:48
-
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars
Jahon | 15:28
Mavzuga oid

08:07 / 10.07.2025
«PSJ» «Real»ga ham hech qanday imkon qoldirmadi

09:30 / 06.07.2025
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi

08:12 / 06.07.2025
Parijda 100 yillik taqiqdan keyin Senada cho‘milishga ruxsat berildi

13:36 / 03.07.2025