Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat va san’at sohasidagi startap-loyihalar uchun grant ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining «Ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan madaniyat va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangilash va yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:
- ijodkor yoshlarni aniqlash, iste’dodlarini yuzaga chiqarish, shuningdek, qiziqishlarini yanada oshirish orqali madaniyat va san’at sohasiga jalb qilish;
- ijodkor yoshlarni tanlash va saralash, ushbu jarayonga raqamli texnologiyalar hamda zamonaviy, innovatsion va integratsiya usullarini joriy etish;
- «ustoz-shogird» an’analariga muvofiq professional ijodkorlarni shakllantirish va yosh kadrlar tajribasini oshirish;
- ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish hamda ularga munosib ijodiy muhit yaratish;
- iste’dodli yoshlarning ijodini keng ommaga, shu jumladan, xalqaro miqyosda tanitish va targ‘ib qilish choralarini ko‘rish.
Ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etilishi va uni «ERP madaniyat» yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, madaniyat sohasida sun’iy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha «Ijodiy texnolaboratoriya» tashkil etiladi.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida madaniyat va san’atga qiziquvchi yoshlardan iborat «Ijodkor yoshlar klubi» yaratiladi.
Madaniyatshunoslik va san’atshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ish olib borayotgan yoshlarga xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan konferensiyalarda ishtirok etish, malakasini oshirish va tajriba almashishlarida ko‘maklashiladi.
Madaniyat va san’at sohasidagi startap-loyihalar uchun BHMning 100 baravarigacha miqdorda ijodiy grantlar ajratish choralari ko‘riladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
2025-2030 yillarda ijodkor yoshlarni tanlash, saralash va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
2030 yilgacha yoshlar o‘rtasida madaniyat va san’at sohasiga oid o‘tkaziladigan tanlov va festivallarning natijadorligini oshirishga erishish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlo Anchelotti bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Sport | 14:37
-
Kansler Mers Germaniyaning NATOda yetakchi bo‘lishini xohlayapti
Jahon | 14:36
-
Dohada davom etayotgan og‘ir muzokaralar, Ukrainada ushlangan xitoylik josuslar va Trampdan yangi «maktublar» – kun dayjesti
Jahon | 14:25
-
Veolia Energy Toshkentda quvur yorilishi tufayli yetkazilgan zararni qoplab beradi
Jamiyat | 14:15
Mavzuga oid

08:10 / 09.07.2025
Badiiy akademiya xodimlari uchun oylik rag‘batlantirish ustamasi belgilandi

07:36 / 09.07.2025
O‘zbekistonda milliy usulda qog‘oz tayyorlash bo‘yicha ustaxona tashkil etiladi

16:31 / 28.05.2025
Madaniyat va san’at sohasidagi iqtidorli yoshlar rag‘batlantiriladi

19:52 / 29.04.2025