Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Kiyev bilan muzokaralar yangi raundining joyi va vaqtini taklif qildi
Moskva Kiyevga 2 iyun kuni Istanbulda muzokaralarning ikkinchi raundini o‘tkazishni taklif qildi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bu uchrashuvda tinchlik shartlari bo‘yicha memorandumni taqdim etishga tayyor.

Foto: Rossiya TIV
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainaga muzokaralarning ikkinchi raundini 2 iyun kuni Istanbulda o‘tkazishni taklif qildi. 28 may, chorshanba kuni TIV saytida e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, Rossiya bu uchrashuvda Kiyevga tinch yo‘l bilan kelishuv shartlari to‘g‘risidagi memorandumni taqdim etishga tayyor, bu «inqiroz sabablarini ishonchli tarzda bartaraf etishning barcha jihatlari bo‘yicha pozitsiyani belgilab beradi».
«V.R.Medinskiy boshchiligidagi delegatsiyamiz ushbu memorandumni Ukraina delegatsiyasiga taqdim etishga va kelasi dushanba, 2 iyun kuni Istanbulda qayta tiklanadigan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning ikkinchi raundi davomida zarur tushuntirishlarni berishga tayyor», — deyiladi Lavrov bayonotida. U Turkiyaga «mehmondo‘st turk platformasi» taqdim etgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
16 may kuni Istanbulda Moskva va Kiyev o‘rtasida so‘nggi uch yil ichida birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Rossiya delegatsiyasiga prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy, Ukraina delegatsiyasiga esa mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchilik qildi. Muzokaralar taxminan ikki soat davom etdi va bir nechta kelishuvlar bilan yakunlandi: «1000 ga 1000» formulasi bo‘yicha harbiy asirlarni almashish, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rejalar taqdimoti va yangi uchrashuv bo‘yicha prinsipial kelishuv.
23-25 may kunlari Rossiya va Ukraina asirlarni almashdi. Birinchi kuni 270 nafar harbiy xizmatchi va 120 nafar fuqaro, ikkinchi kuni 307 nafar harbiy xizmatchi, uchinchi kuni 303 nafar harbiy xizmatchi o‘zaro topshirildi. Bu almashish 2022 yilda harbiy harakatlar boshlanganidan beri eng yirigi bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

18:35 / 16.07.2025
Tramp Ukrainaga qurol va’da qildi, ammo uni kim va qanday yetkazib berishi - tushunarsiz

11:15 / 16.07.2025
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

11:05 / 16.07.2025
Putin sanksiyalarga qaramay urushni davom ettirmoqchi

08:38 / 16.07.2025