Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Vakolat muddatim tugamoqda». Mask davlat ishidan ketishini e’lon qildi
Avvalroq u Tramp taklif qilayotgan «katta va chiroyli» qonun loyihasini tanqid qilib, bu davlat xarajatlarining oshishiga olib kelishini aytgandi.

Foto: Kevin Lamarque / Reuters
Milliarder va AQSh hukumati samaradorlik departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask Amerika ma’muriyatidagi vakolatlari muddati tugayotganini aytdi va prezident Donald Trampga minnatdorchilik bildirdi.
«Maxsus davlat xizmatchisi sifatidagi vakolat muddatim yakuniga yetayotgani sababli, prezident Donald Trampga isrofgarchiliklarni kamaytirish imkoniyati berilgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman», – deb yozdi u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida.
Tadbirkor o‘zi boshqargan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) «missiyasi» kelajagiga shubha qilmasligini qo‘shimcha qildi. Uning fikricha, u «vaqt o‘tgan sari kuchayadi, butun hukumat uchun hayot tarziga aylanadi».
«DOGE missiyasi vaqt o‘tishi bilan faqat mustahkamlanadi, chunki u barcha davlat hokimiyati organlarida hayot tarziga aylanadi», – deya qo‘shimcha qildi u.
Bir kun avval Mask CBS telekanaliga bergan intervyusida Trampning soliq va budjet bo‘yicha «katta va chiroyli» qonunidan hafsalasi pir bo‘lganini aytgandi. Uning fikricha, qonun xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha sa’y-harakatlarga putur yetkazadi va budjet taqchilligi oshishiga olib keladi.
Tramp ikkinchi bor prezidentlikka saylangach, Maskni «maxsus davlat xizmatchisi» etib tayinlagandi, bu unga davlat uchun yiliga 130 kun ishlash imkonini berdi. 20 may kungi inauguratsiyadan hisoblaganda, bu muddat may oyi oxiriga kelib tugardi.
So‘nggi voqealar Oq uy payshanbaga o‘tar kechasi Tesla va SpaceX asoschisini davlat xizmatchisi lavozimidan bo‘shatish bo‘yicha rasmiy jarayonni boshlaganini ko‘rsatmoqda.
Reuters o‘z manbalariga tayanib, Mask iste’foga chiqishini e’lon qilishdan oldin Tramp bilan gaplashmaganini xabar qilgan. Shu bilan birga, ularning so‘zlariga ko‘ra, qaror «oliy darajada» qabul qilingan.
Shuningdek, agentlik manbasining aytishicha, Maskning ketishi «tez va qandaydir marosimlarsiz» kechgan.
Aprel oyida Mask o‘z kompaniyalarida ko‘proq ishlashni rejalashtirayotganini, DOGE uchun esa haftasiga atigi bir-ikki kun ajratishini aytgandi. Keyinchalik u siyosiy loyihalar uchun xayriyalarni kamaytirishni rejalashtirayotganini aytdi.
Mask DOGE o‘z oldiga qo‘ygan barcha maqsadlariga erisha olmaganida AQShda ildiz otgan byurokratiyani ayblagan, biroq AFP ta’kidlashicha, uning avtoritar uslubi va Vashingtondagi joriy siyosiy jarayonlardan bexabarligi ham muhim rol o‘ynagan.
«Federal byurokratiya bilan bog‘liq vaziyat men o‘ylagandan ham yomonroq, – degandi u. – Muammolar borligini bilardim, lekin yumshoq qilib aytganda, Vashingtondagi vaziyatni yaxshilash juda qiyin vazifa».
Mask o‘n minglab odamlar davlat xizmatidan bo‘shatilgani, bir qancha agentlik va idoralar qisqartirilgani yoki yopilganiga qaramay, barcha maqsadlariga erisha olmaganini tan olgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan
Jahon | 14:23 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorijga viza olish va ishga jo‘natishni va’da qilgan yana bir firma odamlarni aldab ketgani aytilmoqda
Jamiyat | 11:00
-
DXX hududlarda firibgarlik bilan bog‘liq holatlarni aniqladi
Jamiyat | 10:31
-
Tramp agar kelishuv bajarilmasa, YeIga tariflarni oshirish bilan tahdid qildi
Jahon | 10:00
-
Tramp va Putinning ehtimoliy uchrashuvi. Bu haqda nimalar ma’lum?
Jahon | 09:42
Mavzuga oid

10:00
Tramp agar kelishuv bajarilmasa, YeIga tariflarni oshirish bilan tahdid qildi

09:42
Tramp va Putinning ehtimoliy uchrashuvi. Bu haqda nimalar ma’lum?

21:18 / 06.08.2025
Tramp Rossiya neftini sotib olayotgan Hindistonga sanksiya joriy qildi

16:52 / 06.08.2025