Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastinliklar G‘azodagi BMT omboriga bostirib kirdi
Falastinliklar guruhi G‘azo sektoridagi BMT Jahon oziq-ovqat dasturi omboriga bostirib kirishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi.

Foto: Abdel Kareem Hana/AP Photo/picture alliance
28 may, chorshanba kuni tashkilot X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida xabar berishicha, «ochlikdan azob chekayotgan bir guruh odamlar» BMT Jahon oziq-ovqat dasturining G‘azo sektoridagi omboriga bostirib kirdi.
Hodisa oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan. Yana bir necha kishi jarohat olgan. «Oziq-ovqat va boshqa yordamlar to‘xtatilgan G‘azoda 80 kunlik to‘liq blokadadan so‘ng, insonparvarlik ehtiyojlari nazoratdan chiqib ketdi», — deyiladi Jahon oziq-ovqat dasturi akkauntida. Unda G‘azo sektorida oziq-ovqat mahsulotlarini tartibli ravishda tarqatish uchun «darhol «gumanitar tashkilotlarning xavfsiz va to‘siqsiz kirishi» talab qilingan.
Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL), o‘z navbatida, 27 may kuni ijtimoiy tarmoqlarida 400 ta yuk mashinasi insonparvarlik yordami bilan «G‘azoda BMT ularni tarqatishini kutayotganini» yozdi. «Noto‘g‘ri ma’lumotlarga berilmang, TSAHAL va COGAT (hukumatning hududlardagi faoliyati koordinatori, Isroil Mudofaa vazirligining Falastin hududlaridagi ish uchun mas’ul bo‘linmasi) logistika va xavfsizlik protokollarini moslashtirdi. BMT o‘z ishini bajarishdan bosh tortishda davom etmoqda», — deya qo‘shimcha qildi Isroil harbiylari.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
Mavzuga oid

18:40 / 19.07.2025
Hamas urushni yakunlaydigan bitim talab qilmoqda. Isroil esa g‘azoliklarni ko‘chirmoqchi

09:33 / 17.07.2025
UNRWA: G‘azodagi bolalar to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda

08:41 / 17.07.2025
UNRWA: Isroil 7 oktyabrdan beri G‘azoda har kuni «bir sinf bolalarni» o‘ldirmoqda

11:15 / 16.07.2025