Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya prezidenti administratsiyasi rasmiylari bilan uchrashdi

Anton Vayno Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva 28 may kuni Moskva shahrida bo‘lib, Rossiya Federatsiyasi prezidenti administratsiyasi rahbari Anton Vayno, uning o‘rinbosarlari Aleksey Gromov va Sergey Kiriyenko hamda RF prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Sergey Kiriyenko bilan uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining asosiy yo‘nalishlari muhokama etildi. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ishonchli munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilikning mustahkam poydevori ekani alohida ta’kidlandi.
Yoshlar va kadrlar siyosati masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rahbarlarning yangi avlodini tarbiyalash bo‘yicha tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan tomonlar manfaatdor ekani qayd etildi.
«Ta’lim sohasidagi hamkorlikning ijobiy sur’ati qayd etildi: Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni tobora ortib bormoqda. O‘zbekistonda Rossiyaning bir qator yetakchi universitetlari filiallari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Rossiya prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy bilan ham uchrashuvda madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
«Madaniyat, ta’lim va tarixiy merosni saqlash sohalaridagi qo‘shma tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi. "Yangi Quddus" muzeyida o‘zbek san’ati ko‘rgazmasining ochilishi va O‘zbekistonda Rossiya madaniyati kunlarining o‘tkazilishi xalqlarimiz o‘rtasidagi yuqori darajadagi ishonch va o‘zaro qiziqishning yorqin namunasidir», – deya qayd etdi Mirziyoyeva.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatilgan radarlar ro‘yxati ochiqlandi
O‘zbekiston | 15:49
-
Aholiga tegishli avtomashinalar soni ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 15:33
-
Oq uy: Trampda surunkali venoz yetishmovchiligi bor
Jahon | 15:02
-
O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatga sayohat qilayotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:56
Mavzuga oid

20:03 / 07.07.2025
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi

19:53 / 27.06.2025
Saida Mirziyoyeva Fitch O‘zbekiston kredit reytingini oshirganini e’tirof etdi

18:10 / 27.06.2025
Saida Mirziyoyeva ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi

22:06 / 23.06.2025