Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekinvest» IUA a’zosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeyini mustahkamladi
«O‘zbekinvest» kompaniyasi London bozorida faoliyat yurituvchi sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalarining yetakchi professional birlashmalaridan biri - London xalqaro anderrayting assotsiatsiyasi (The International Underwriting Association of London, IUA)ning assotsiatsiyalangan a’zosiga aylanib, xalqaro maydondagi ishtirokini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam tashladi.

Foto: O‘zbekinvest
IUA assotsiatsiyasi xalqaro sug‘urta va qayta sug‘urta qoplamalarini taqdim etuvchi 60 dan ortiq yetakchi global sug‘urta kompaniyalarini birlashtiradi va sohadagi standartlarni shakllantirish, tashabbuslarni rivojlantirish va bilim almashishda muhim rol o‘ynaydi. IUA ga a’zolik «O‘zbekinvest»ga dunyoda sug‘urta bozorini rivojlantirish strategiyasini shakllantiruvchi ishchi guruhlar va forumlarda ishtirok etish, shuningdek, nufuzli professional nashrlarda o‘z loyiha va tashabbuslarini taqdim etish imkonini beradi.
Shunday qilib, bugungi kunda «O‘zbekinvest» quyidagi xalqaro professional tashkilotlarning a’zosi hisoblanadi:
IUA (International Underwriting Association of London) - London bozorining yetakchi sug‘urtalovchilari va qayta sug‘urtalovchilari uyushmasi.
Berne Union - eksport kreditlari va investitsiyalarini sug‘urtalash bo‘yicha agentliklarning xalqaro platformasi.
AMAN Union - Islom hamkorlik tashkiloti va arab mintaqasi mamlakatlari sug‘urtalovchilari va qayta sug‘urtalovchilarining professional forumi.
IIS (International Insurance Society) - sug‘urta kompaniyalari, ilmiy doiralar va tartibga soluvchilarning global birlashmasi.
FAIR (Federation of Afro-Asian Insurers and Reinsurers) - Osiyo va Afrika mamlakatlari sug‘urtalovchilarining birlashmasi bo‘lib, mintaqaviy hamkorlikka ko‘maklashadi.
«O‘zbekinvest»ning IUA’ga a’zo bo‘lishi kompaniyaning xalqaro e’tirofga erishish, ilg‘or standartlarni joriy etish va global sug‘urta hamjamiyatida kasbiy aloqalarni faol rivojlantirish yo‘lidagi intilishini yaqqol namoyon etadi.
Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160
Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

09:42 / 18.06.2025
"O‘zbekinvest" EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

10:20 / 19.05.2025
"O‘zbekinvest" Ispaniya va Italiyadagi muzokaralar natijasida yangi xalqaro sheriklikka qadam tashladi

11:00 / 15.05.2025
"A.M. Best Company" xalqaro reyting agentligi "O‘zbekinvest" kompaniyasi reytinglarini "Barqaror" prognoz bilan "b"/"bb" darajasida tasdiqladi

11:00 / 22.04.2025