Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Men bo‘lmaganimda Rossiyaning ahvoli yomon bo‘lardi” - Tramp o‘zgardimi?
Donald Trampning so‘nggi chiqishlarida Vladimir Putinga nisbatan keskin tanqidiy ohang paydo bo‘ldi. Xo‘sh, Tramp Ukraina borasida siyosatini qayta ko‘rib chiqadimi? Mavzu yuzasidan tahlilchilar Shuhrat Rasul va Kamoliddin Rabbimov o‘z fikrlarini bildirdi.
— Tramp Putinni ilgari “do‘st” deb atagan, endi esa uni “aqldan ozgan” deya tanqid qilmoqda. Trampning pozitsiyasi o‘zgaryaptimi?
Kamoliddin Rabbimov: Qisqa javob bersam, ha, Trampning munosabati kardinal o‘zgaryapti. Amerika Qo‘shma Shtatlarining bugun global siyosatdagi ikkita masala bo‘yicha ham pozitsiyasi o‘ta jiddiy o‘zgaryapti. Birinchisi, Donald Trampning Yaqin Sharqdagi Isroil siyosati bo‘yicha. Ikkinchisi, bu Vladimir Putinga va umuman Ukraina urushiga nisbatan tafakkuri o‘zgarib boryapti.
Saylov kompaniyasi davrini eslashimiz kerak. Donald Tramp ikkinchi marta saylanishidan oldin, har safar Zelenskiy Vashingtonga kelib, prezident Jo Bayden yoki siyosiy elita bilan uchrashganida, Tramp faqat bitta gapni aytar edi: “Zelenskiy dunyodagi eng zo‘r tadbirkor, har safar kelganida milliardlab dollarimizni olib ketyapti. Bundan zo‘r tadbirkor yo‘q”, degan bir pozitsiyada edi.
Donald Tramp – birinchi marta prezident bo‘lguniga qadar bir soat ham davlat boshqaruvida ishlamagan, bir kun ham harbiy xizmatda bo‘lmagan Amerika tarixidagi birinchi prezident. Ko‘chadagi biznesmen odam prezident bo‘ldi. Qanchalik Amerika siyosiy elitasi Donald Trampga qarshi chiqmasin, buni marginal demasin, u baribir prezident bo‘ldi. An’anaviy ravishda senatorlar yoki gubernatorlar prezident bo‘lardi.
Donald Trampning Zelenskiyga nisbatan salbiy qarashi nihoyatda kuchli edi. Ma’lum bir vaqt Trampga Vladimir Putin va Moskva anchagina ijobiy fonda ko‘rinayotgan edi. Chunki Donald Tramp biznesmen sifatida Amerika budjetini o‘zining shaxsiy cho‘ntagi sifatida ko‘radi. U biror bir davlatga berilayotgan yordamni bu Amerikaning qudrati va global uzoq muddatli manfaati uchun investitsiya deb bilmaydi.
Donald Tramp hokimiyatga kelganidan buyon bosqichma-bosqich juda ham sabr bilan Putinga nisbatan diplomatiya qilishga harakat qildi, qilyapti. Zelenskiy Trampga yon berdi va kelishuvlarga marhamat deyotgan fonda Rossiya aksincha, Ukrainaga bosimni kuchaytiryapti.
Putin aslida katta kelishuvlarni istamaydi va u muzokaralarni vaqtni cho‘zish vositasi sifatida ko‘radi. Rossiya har safar Ukrainaga keng ko‘lamli hujum qilganida, Tramp buni yaxshiroq tushunib bormoqda.
Shuhrat Rasul: O‘zgarishlar bor, albatta. Birinchi qismida Tramp Putinni “aqldan ozgan” dedi, keyingi nutqida esa agar men bo‘lmaganimda Rossiyaning ahvoli yomon bo‘lar edi, dedi. Umuman olganda, signal jo‘natyaptiki: “Men shu paytgacha senga suyanchiq bo‘ldim, dastak bo‘ldim, lekin men fikrimni o‘zgartirishim mumkin”.
Ochiqchasiga birinchi marotaba aytdiki, Rossiya yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bunga javoban rasmiy Moskva Bayden davridagidek keskin javob bermayapti. Faqat Dmitriy Medvedev uchinchi jahon urushi boshlanib ketishi mumkin degan bir dag‘dag‘ani ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi. Lekin u ham avvalgiday Vashingtonga yadro raketasi jo‘natamiz degani yo‘q. Moskvaning ta’kidlashicha, Rossiya tomoni muzokaralar uchun o‘z talablari dastasini tayyorlayapti ekan.
— Trampning so‘zlari va Putinning harakatlari muzokaralarga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin? Diplomatik yo‘llar yopilmayaptimi?
Kamoliddin Rabbimov: Mening nazarimda Trampning asosiy maqsadi – Rossiyaga bosim qilib, aynan diplomatik intilishlarni, kelishuvlarni jadallashtirish. Chunki u aytyaptiki, sen meni aldaganga o‘xshayapsan va Ukraina bilan urushni kelishib to‘xtataman deyapsan, lekin aslida amaliyotda kuchaytiryapsan, dedi.
Agar rossiyalik ekspertlarni yoki harbiylarni eshitadigan bo‘lsangiz, ular aytyapti: “Ha, katta tezlikda kirib bormayapmiz, lekin bizdan ko‘ra Ukraina zaif, bizning aholimiz ko‘p, bizning mobilizatsiya imkoniyatimiz ko‘p, bizning resurslarimiz ko‘p”, degan qarash bor. Tergov qo‘mitasi rahbari Bastrikin urushga kimlarni yollayotganini xattoki yashirayotgani ham yo‘q.
***
Qizg‘in kechgan suhbat davomida Germaniya kanslerining Ukrainaga berilgan G‘arb qurollaridan Rossiya ichkarisiga zarba berish bilan bog‘liq cheklovlarni olib tashlash haqidagi bayonoti ham muhokama qilindi.
Suhbatni to‘liq shaklda YouTube'da tomosha qilishingiz mumkin.
Normuhammadali Abdurahmonov suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:32
-
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jahon | 14:53
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
Mavzuga oid

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

21:18 / 19.07.2025
Tramp BRICS tashkilotiga tezda barham berish bilan tahdid qildi

20:28 / 19.07.2025
Turkiy birlik darvozasi – Zangezur koridori atrofida nimalar bo‘lmoqda?

18:48 / 19.07.2025