Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 may kuni temiryo‘llarni rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Qayd qilinishicha, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tarkibiy jihatdan o‘zgartirilib, nosohaviy bino, yondosh yer va ortiqcha vazifalar qisqartirildi. Natijada ilgari zarar bilan ishlagan kompaniya o‘tgan yili 47 milliard so‘m sof foyda bilan chiqdi. «Temiryo‘lkargo» kompaniyasi tashkil etilgach, yuk vagonlaridan foydalanish samaradorligi 2 karra oshdi.
Taqdimotda soha infratuzilmasini rivojlantirish va daromadni oshirish vazifalari ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, tranzit yuklarini tashish quvvatidan to‘liq foydanilmayapti. Buni kelgusi yillarda 40 foizga oshirish orqali daromadni 2 karra ko‘paytirish mumkin.
Masalan, ilk bor Xitoy – Turkiya yo‘nalishi bo‘yicha yuk poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Yangi poyezdlar keltirilmoqda, qatnovlar yildan yilga ko‘paymoqda. Shu bois temiryo‘l infratuzilmasi o‘tkazuvchanligini izchil oshirib borish zarurligi ta’kidlandi.
Bu masala, ayniqsa, Toshkent atrofida dolzarb. Hozir tashqi yuklarning 70 foizi «Chuqursoy» stansiyasi orqali tashilmoqda. Ba’zan bunga bir necha kun vaqt sarflanib, ortiqcha xarajat va navbatga sabab bo‘lyapti.
Shu bois yuk stansiyalarini poytaxt hududidan tashqariga chiqarish, Yangiyo‘l tumani va Yangi Toshkent yaqinida yirik stansiyalar barpo etish taklif qilindi. Shuningdek, poytaxtni aylanib o‘tuvchi «Ozodlik – Yangiyer» temiryo‘li qurilishi ko‘zda tutilgan. Natijada Farg‘ona vodiysi bilan boshqa viloyatlar o‘rtasidagi yuk tashuvlari Toshkent shahriga kirmasdan amalga oshiriladi.
Yangi loyihalardan yana biri Samarqand – Urgut yo‘lidir. Hozir ishlar boshlanib, 7 kilometr temir izlar yotqizilgan. Bu yo‘nalish uzunligi jami 54 kilometr bo‘lib, 2 ta vokzal, «Urgut» iqtisodiy zonasida 2 ta yuk stansiyasi quriladi.
Vokzallarga kirib-chiqish tartibi, xizmatlar sifati masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Yo‘lovchilar harakatiga qulaylik yaratish, turistlar uchun sharoitni yaxshilash, avtoturargohlarni kengaytirish vazifalari qayd etildi.
Mutasaddilar, shuningdek, elektropoyezdlar olib kelish, xizmat sifatini yaxshilash rejalari bo‘yicha axborot berdi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:53 / 09.07.2025
Barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi

16:33 / 09.07.2025
«Surunkali qoidabuzarlar»: muntazam ravishda qoidabuzarlik qiladigan haydovchilarga jarimadan chegirma berilmaydi

16:28 / 09.07.2025