Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
Bunga kompaniya rahbari Ilon Maskning siyosiy faolligi asosiy sabablardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda. Tesla’ning YeIdagi savdolari o‘tgan yilga nisbatan 52 foizdan ortiqqa tushib ketgan.

Foto: AFP/Getty Images
Aprel oyida Yevropa Ittifoqi davlatlarida Tesla elektromobillari savdosi 5475 tagacha — o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 52,6 foizga kamaydi. Bu haqda Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasining (ACEA) oylik hisobotida so‘z boradi.
Agar statistikaga Buyuk Britaniya, shuningdek, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi mamlakatlari — Islandiya, Norvegiya va Shveytsariya ham qo‘shiladigan bo‘lsa, savdolar qulashi 49 foizni tashkil etadi.
Joriy yilning yanvar—mart oylari davomida Tesla’ning YeIdagi savdolari 45 foizli qulashni ko‘rsatgan edi. Bu Ilon Mask kompaniyasining Yevropa bozoridagi muammolari chuqurlashib borayotganidan dalolat beradi. Yevroittifoqda elektromobillar savdosi 26,4 foizga oshganiga qaramay, Tesla’ning ushbu bozordagi ulushi 1,3 foizdan 0,6 foizgacha tushib ketdi.
Shu bilan birga, Yevroittifoqda avtomobillar umumiy savdosi 1,3 foizga oshdi. ACEA bu holat bozorning qisman tiklanayotganidan darak berishi mumkinligini, biroq beqaror global iqtisodiyot sharoitida prognozlar hanuz noaniq bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. Yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida eng yaxshi natijani BMW Group ko‘rsatgan — savdolarini 9,8 foizga oshirgan. Volkswagen Group 2 foizli o‘sishga erishgan bo‘lsa, Renault Group 1,1 foizli o‘sishni qayd etgan.
Dunyo bo‘ylab Tesla birinchi chorakda 336,7 mingta avtomobil sotdi — bu o‘tgan yilga nisbatan 13 foizga kam. Ekspertlarning hisoblashicha, brendga bo‘lgan qiziqishning kamayganiga asosiy sabablardan biri —Ilon Maskning siyosiy faolligi va uning bahsli bayonotlaridir.
Mavzuga oid

18:02 / 14.07.2025
SpaceX Maskning sun’iy intellekt kompaniyasiga 2 mlrd dollar investitsiya kiritadi

22:37 / 11.07.2025
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi

21:29 / 10.07.2025
Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi

22:16 / 09.07.2025