Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytishicha, Hamas jangchilari o‘t ochishni to‘xtatish va yana bir guruh garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha AQSh taklif qilgan kelishuvni rad etdi. Netanyahu barcha garovga olinganlarni qaytarishga qat’iyligini ta’kidladi.

Foto: Anna Moneymaker/ Getty Images
Hamas tashkiloti AQSh taklif qilgan sulh bitimini rad etdi. Bu haqda 26 may, dushanba kuni AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff AFP'ga ma’lum qildi. Avvalroq Hamas jangchilari Isroil bilan kelishuvga erishishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Falastin tomonidan muzokaralar doiralaridagi manbalarga tayanib AFP'ning aniqlik kiritishicha, Uitkoff taklif qilgan kelishuv jangchilar tomonidan yana o‘n nafar garovga olingan isroillikni ozod qilish, 70 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan qisman olib chiqib ketishni nazarda tutgan. Birinchi besh tirik garovga olingan shaxs sulhning birinchi haftasida, yana besh nafari esa jangovar harakatlardagi 70 kunlik tanaffus oxirida ozod etilishi kerak edi.
Ayni paytda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Telegramʼda video joylashtirdi va unda u Hamas garovga olinganlar haqida «bugun bo‘lmasa, ertaga» bayonot berishga umid qilayotganini bildirdi. Shu bilan birga, u Isroil hukumati barcha garovga olinganlarni – «ham tiriklarni, ham o‘liklar»ni vataniga qaytarishga qat’iy qaror qilganini ta’kidladi. "Agar bugun uddalay olmasak, ertaga, ertaga bo‘lmasa, indinga", – deb va’da berdi u.
Mavzuga oid

11:06 / 14.07.2025
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

18:31 / 13.07.2025
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi

23:05 / 11.07.2025
Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi

12:46 / 10.07.2025