Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
O‘zbekistonga hafta davomida salqin va nam havo massalari kirib keladi. Joylarda harorat +22…+25 darajagacha pasayadi, aksariyat hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Foto: Kun.uz
Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga salqin va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.
Markaziy va sharqiy viloyatlar bo‘yicha ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat dushanba kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda, seshanba kuni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ba’zi joylarda shamol 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Dushanba kunduzi havo harorati +27…+32 daraja, seshanba kuni +22…+25 daraja, 28–30 mayda +25…+30 daraja, ba’zi joylarda +32 darajagacha bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida dushanba kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +29…+31 daraja bo‘ladi. Seshanbada asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +23…+25 daraja bo‘ladi.
Chorshanba kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat +28…+30 daraja bo‘ladi. 29–30 may kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 29 mayda kechga tomon, 30 mayda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol vaqti-vaqti bilan 12–14 metr/soniyagacha kuchayadi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Lift yiliga kamida bir marta majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 14:36
-
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
Jamiyat | 14:34
-
“Ular xalq xizmatiga qaytarilishi kerak” – SSV vaziri “qizamiq epidemiyasi” bo‘yicha qamalgan namanganlik vrachlar haqida
O‘zbekiston | 14:24
-
Suriyada darziylar va sunniylar o‘rtasidagi janglarda 37 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 14:20
Mavzuga oid

16:38 / 11.07.2025
Hafta oxirida harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda

13:18 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

15:03 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet

12:31 / 07.07.2025