Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
Kun.uz fuqarolarning eski yuk mashinalariga arzimagan pul berib, kutilmagan usulda chuv tushirib ketayotgan firibgarlik holati haqida yozgan edi. Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, fuqarolarning murojaatlari asosida Shohrux Abdunazarovga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda majburiy keltirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yil 2 may kuni Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi ushbu tumandagi Pastki so‘loqli mahallasida istiqomat qiluvchi Shohrux Abdunazarovga nisbatan «takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan firibgarlik» – Jinoyat kodeksining 168- moddasi 3- qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
«Ammo ayni vaqtda gumon qilinuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlardan qochib yuribdi. Shu bois ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Shohrux Abdunazarovni topish va majburiy keltirishga qaratilgan tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda. Agarda mazkur yo‘nalishdagi harakatlar samara bermasa, ushbu shaxsni sirtdan qamoqqa olish choralari ko‘rilib, unga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi», deyiladi viloyat IIB bayonotida.
Shuningdek, maqolada tilga olingan, Sharof Rashidov va Boyovut tumanlarida yashovchi bir qancha jabrlanuvchilarga moddiy zarar yetkazilgani aniqlanib, ulardan arizalar olingani ma’lum qilindi.
«Ayni vaqtda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Jarayon viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi nazoratiga olingan», deyiladi IIB bayonotida.
21 may kuni e’lon qilingan maqolada 26 yoshli yigit OLX platformasi orqali eski yuk mashinalarini topib, odamlarni chuv tushirayotgani haqida yozilgan edi.
Xususan, Shohrux Abdunazarov sotuvdagi yuk mashinalarini oldindan 5-10 mln so‘m bergan holda nasiyaga sotib olgan, so‘ngra ularni metallolomga topshirib, pullab yuborgan. Guvohlar bu uyushgan guruh ekanini, jabrlanganlar soni ko‘pligini aytgandi. Shuningdek, gumonlanuvchilarni olib yurgan taksist yigit ularning ishlash sxemasi haqida gapirib bergandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nemis talabalari O‘zbekiston OTMda amaliyot o‘tashni boshlaydi
Ta’lim | 13:13
-
O‘zbekiston va Tojikiston chegaraoldi savdo markazlarini ochish rejalashtirilmoqda
Iqtisodiyot | 12:54
-
Amur oblastida yo‘qolgan samolyot qoldiqlari topildi
Jahon | 12:40
-
AQSh Kiyevga 322 mln dollarlik harbiy yordamni sotishni ma’qulladi
Jahon | 12:21
Mavzuga oid

11:00 / 22.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi

16:35 / 11.07.2025
Jizzaxda hakerlar fuqaroning bankka qo‘ygan katta miqdordagi omonatini o‘g‘irladi

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

18:45 / 30.06.2025