Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask asta-sekin siyosatdan ketishga va’da berdi
Milliarder bor e’tiborini Tesla boshqaruviga qaratish va kelajakda siyosatga «kamroq vaqt» ajratish niyatida.

Amerikalik milliarder Ilon Mask Bloombergʼga bergan intervyusida besh yildan keyin ham Tesla’ni boshqarishni davom etishini, ammo siyosatdan ketmoqchi ekanini ma’lum qildi. Maskning so‘zlaridan keyin Tesla aksiyalari 3,6 foizga ko‘tarildi.
Ilon Mask — Donald Tramp ma’muriyatida AQSh Hukumati samaradorligi departamenti (DOGE) kuratori. Uning prezident bilan yaqinligi va yangi lavozimda amalga oshirgan ishlari, jumladan, davlat xizmatchilarini ommaviy ravishda ishdan bo‘shatishlar ko‘plab tandiqlarga sabab bo‘lmoqda. AQSh va butun dunyo bo‘ylab Maskning DOGE’dagi faoliyati sabab ishlab chiqaruvchiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
Investorlarni tinchlantirish maqsadida biznesmen kelajakda siyosatga «kamroq vaqt» ajratishga va’da berdi. Aprelda u Oq uydagi ish faoliyatini haftasiga bir-ikki kunga qadar qisqartirishini aytgandi. Oq uy apparati rahbari Syuzan Uaylsning so‘zlariga ko‘ra, Mask DOGE’dagi faoliyatini deyarli masofadan turib bajarmoqda.
Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, u Tesla aksiyalariga ko‘proq boylik orttirish maqsadida egalik qilish niyatida emas. «Bu pul masalasi emas. Bu kompaniya kelajagini oqilona nazorat qilish masalasidir», — deydi u.
Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, Ilon Maskning boyligi 376 milliard dollarni tashkil etadi. U 2008 yildan beri Tesla bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda va kompaniyaning eng yirik aksiyadori hisoblanadi — 13 foiz ulushga ega. AQSh prezidenti saylovlaridan bir necha hafta o‘tib, investorlar elektromobil ishlab chiqaruvchining aksiyalariga 700 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan edi. Dekabr oyida Tesla aksiyalari tarixiy maksimumga qadar ko‘tarildi — 488,54 dollar. Natijada, Mask boyligi 400 milliard dollardan oshdan tarixdagi birinchi insonga aylandi. Ammo shundan buyon kompaniya aksiyalari qiymati 50 foizdan ortiqqa tushib ketdi.
The Wall Street Journal 1 may kuni Tesla direktorlar kengashi Maskning o‘rniga yangi bosh direktor qidirayotgani haqida yozgandi. Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, direktorlar kengashi a’zolari allaqachon bir nechta kompaniyaga bu borada murojaat qilgan. Taxminan shu vaqtda Tesla rahbariyati Mask bilan ham uchrashgan. Undan kompaniyadagi ishiga ko‘proq e’tibor qaratishni so‘rashgan. WSJʼning qayd etishicha, Mask bunga e’tiroz bildirmagan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Toshkentda o‘nlab ko‘p qavatli uylar qurilishi to‘xtatildi: ro‘yxat
O‘zbekiston | 14:13
-
Sanksiyalar ostidagi Valentina Matviyenko Shveytsariyadagi sammitga borib, urushni oqlab chiqish qildi
Jahon | 13:56
-
Qirg‘izistonda xalqaro internet-trafikka monopoliya joriy etilyapti
Jahon | 13:53
Mavzuga oid

21:47 / 16.07.2025
Tesla yangilangan Model Y elektromobilini taqdim qildi

18:02 / 14.07.2025
SpaceX Maskning sun’iy intellekt kompaniyasiga 2 mlrd dollar investitsiya kiritadi

22:37 / 11.07.2025
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi

21:29 / 10.07.2025