Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya "Brekzit"dan keyin birinchi marta bir qator sohalarda, birinchi navbatda, mudofaa va savdo sohasida munosabatlarni chuqurlashtirishga kelishib oldi. Bu tahdidlar oldida birlik belgisidir.

Foto: Carl Court via REUTERS
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqani ("Brekzit")dan besh yil o‘tib, London va Bryussel bir qator sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishga kelishib oldi. 19 may, dushanba kuni Londondagi sammit ishtirokchilari xavfsizlik va mudofaa, shuningdek, savdo, baliqchilik va yoshlarning harakatchanligi bo‘yicha bir qancha kelishuvlarni imzoladi, deya xabar beradi Britaniya hukumati.
Xavfsizlik va savdo Buyuk Britaniya-Yevropa Ittifoqini qayta tiklashning asosiy sohalari bo‘ladi. Xavfsizlik va mudofaa pakti Buyuk Britaniya mudofaa sanoatiga Yevropa Ittifoqining 150 milliard yevrolik Security Action for Europe (SAFE) mudofaa jamg‘armasi orqali qo‘shma xaridlarda ishtirok etish imkonini beradi, Yevropa davlatlari 19 mayda uni yaratishga prinsipial jihatdan rozi bo‘lgan.
Bu BAE Systems, Rolls Royce va Babcock kabi Britaniya kompaniyalariga SAFE dasturida ishtirok etish imkonini beradi. Bundan tashqari, mudofaa pakti kiberxavfsizlikni, muhim infratuzilmaning barqarorligini, dengiz xavfsizligini va gibrid urushlarga qarshi kurashni kuchaytirish choralariga tegishli.
Bundan tashqari, tomonlar Buyuk Britaniyaning yagona Yevropa elektr energiyasi bozoriga samarali qaytishi va bu sohada Yevropa Ittifoqi standartlariga amal qilishiga kelishib oldilar. London, shuningdek, 2026 yilgacha amalda bo‘lgan baliqchilik shartnomasi muddati tugaganidan keyin yana 12 yil davomida Yevropa Ittifoqi baliqchilari uchun hududiy suvlarini ochishga va’da berdi. Buning evaziga Yevropa Ittifoqi Britaniya oziq-ovqat mahsulotlari importidagi byurokratik to‘siqlarni cheksiz muddatga yumshatishga va’da berdi.
Yoshlar harakatchanligi sohasida tomonlar keyingi muhokamalar mavzusi bo‘ladigan yagona formula bo‘yicha kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan do‘kon egasi ushlandi
Jamiyat | 10:28
-
Iqlimshunos: “Kuzatilayotgan issiq ob-havo 70 foizga yaqin aholi uyqusiga salbiy ta’sir qilmoqda”
O‘zbekiston | 10:04
-
Yandex Uzbekistan svetofor chiroqlarini real vaqtda xaritalarda ko‘rsata boshladi
O‘zbekiston | 10:00
-
Yerevan Boku bilan YeXHT Minsk guruhini tarqatib yuborish shartini muhokama qilmoqda
Jahon | 09:54
Mavzuga oid

09:21
Elektromobillar savdosining eng katta o‘sishi qaysi hududda qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

23:20 / 22.07.2025
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi

15:25 / 22.07.2025
London Rossiyaning «soyadagi floti» 135 tankeriga qarshi sanksiya kiritdi

23:12 / 21.07.2025