Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda sud majlislarini audio va videoga yozib olish majburiy bo‘ldi
Sadir Japarov Qirg‘iziston Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, mamlakatda sud majlislarini audio-video vositalar orqali yozib olish majburiy bo‘ldi. Bunday yozuvlarning mavjud emasligi ishni qayta ko‘rish yoki bekor qilishga asos bo‘ladi.

Foto: president.kg
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 20 may kuni mamlakat Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Japarovning matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur qonun Qirg‘iziston parlamenti — Jogorku Kenesh tomonidan 2025 yil 3 aprel kuni qabul qilingan.
Qonunning maqsadi – ehtiyot choralar tizimida garov institutining rolini kuchaytirish, uni samarali qo‘llashga xizmat qiladigan mexanizmlarni ishlab chiqish hamda jinoyat protsessida video-konferens-aloqa imkoniyatlarini takomillashtirish ekani aytilmoqda.
Qonun orqali Jinoyat-protsessual kodeksi quyidagi normalar bilan to‘ldirilmoqda:
– sud tizimiga «video-konferens-aloqa» va «translatsiya (onlayn-translatsiya)» tushunchalari kiritiladi;
– ayblanuvchining sud majlislari bayonnomalari (jumladan, audio va video yozuvlari) bilan tanishish, ularga e’tiroz bildirish va sud majlisini bevosita efir orqali televideniye, radio va/yoki Internet tarmog‘ida translatsiya qilish orqali o‘tkazishni so‘rash huquqlari belgilanadi;
– sud majlisining borishini audio va video vositalar orqali majburiy tarzda qayd etish talabi joriy etiladi;
– audio va video yozuvlarning mavjud emasligi – sud qarorini o‘zgartirish, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish uchun asoslardan biri sifatida tan olinadi;
– jinoyatning og‘irligiga qarab garovning eng kam miqdorlari belgilanadi.
Rasmiy relizda jinoyat qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgarishlar qachondan kuchga kirishi, shuningdek yangi tartiblar haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Mavzuga oid

21:03 / 18.07.2025
Qirg‘izistonda Tojikiston va O‘zbekiston bilan tutash chegaralar to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

19:04 / 18.07.2025
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

09:22 / 18.07.2025
Qirg‘izistondan 5,2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi

16:14 / 17.07.2025