Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
Qo‘lga olinganlar orasida sayohatchi bloger, universitet talabasi, biznesmen va boshqa shaxslar ham bor. Ular Pokiston tomoniga maxfiy ma’lumotlarni berib kelganlikda gumonlanmoqda.

Foto: NDTV
Hindistonning turli hududlarida Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlanib, kamida to‘qqiz kishi hibsga olindi, deb xabar beradi NDTV.
Xususan:
- sayohatchi bloger Joti Malhotra. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, u Pokiston rasmiylari bilan aloqada bo‘lgan va ikki marta ushbu mamlakatga borgan;
- siyosatshunoslik fakulteti talabasi Davendra Singx Dhillon. 12 may kuni u Facebookʼdagi sahifasiga joylashtirgan to‘pponcha va qurol surati uchun ushlangan;
- qo‘riqchi Nauman Ilahi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, u Islomobod rasmiylariga ma’lumot berib kelgan va uning evaziga qarindoshlari nomiga ochilgan hisobraqamlar orqali pul olgan;
- Arman. 16 may kuni maxfiy ma’lumotni Pokistonga bergani uchun ushlangan, hozirda u tergov ostida;
- Tarif. Arman ushlanganidan ikki kun o‘tib qo‘lga olingan. U xizmat vazifasini bajarayotgan xodimni ko‘rib, telefonidagi ayrim chatlarni o‘chirishga uringan;
- Shahzod ismli biznesmen. U o‘z kuratorlariga milliy xavfsizlikka oid maxfiy ma’lumotlarni berib kelgan;
- Muhammad Murtazo Ali. U mustaqil yaratilgan mobil ilova orqali Pokiston maxsus xizmatlari uchun josuslik qilgan;
- G‘azala va Yamin Muhammad ismli fuqarolar. Ular nimada ayblanayotgani bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.
Hibsga olishlar Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaro keskinlashuvi fonida yuz bermoqda. 22 aprel kuni Jammu va Kashmirda jangarilar o‘t ochib, 26 nafar turistni o‘ldirgan edi. Hindiston tomoni bunda Pokistonni aybladi va 6 may kuni «Sindur» operatsiyasini boshladi. Oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi. Tomonlar 18 mayga qadar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrain dronlari hujumi sabab Moskva osmoni to‘liq yopildi
Jahon | 16:34
-
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:32
-
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jahon | 14:53
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
Mavzuga oid

18:41 / 18.07.2025
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir-yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi

12:30 / 18.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston Boburiylar sulolasi tarixi bo‘yicha qo‘shma tadqiqot o‘tkazadi

21:35 / 15.07.2025
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi

19:30 / 13.07.2025