Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BBC sionizm haqidagi posti uchun Gari Linekerni ishdan bo‘shatdi
Korporatsiyaning eng katta maosh oluvchi boshlovchisi bo‘lgan sobiq futbolchi instagramdagi sahifasida joylagan Falastin tarafdorlarining «Sionizmni ikki daqiqada tushuntirish» nomli rilsi antisemitizm deb topilgan.

Andy Kelvin / PA Images / Getty Images
BBC teleboshlovchi Gari Lineker bilan hamkorlikni to‘xtatdi, bu uning ijtimoiy tarmoqdagi posti antisemitizm deb topilishi bilan bog‘liq mojaro fonida ro‘y berdi.
64 yoshli Gari Lineker – Buyuk Britaniyadagi eng mashhur shaxslardan sanaladi. U sobiq futbolchi, Angliya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan bo‘lgan, 1990-yillar boshida u jamoaga sardorlik qilgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Lineker sharhlovchi sifatida ishlay boshlaydi. 1999 yildan u «Match of the Day» teleko‘rsatuvini olib bora boshlaydi – bu BBC One telekanalida 1964 yildan beri efirga chiqib kelgan futbol haqidagi reytingi eng yuqori shoudir. Lineker – BBC korporatsiyasidagi eng katta maosh oluvchi boshlovchi bo‘lib, uning yillik ish haqi ayrim paytlarda 1,7 million funtdan oshadi.
12 may kuni Lineker instagramdagi sahifasida Falastin tarafdorlarining «Sionizmni ikki daqiqada tushuntirish» sarlavhali rilsini joylashtirgan. Videoda antisemitizm ruhidagi haqoratli shtamp sifatida qabul qilinadigan kalamushlar tasviri ham bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay video o‘chirilgan, 14 may kuni esa Lineker «so‘zsiz» uzr so‘ragan. U ramzning ahamiyati haqida hech narsa bilmagani va «muammo mohiyatini anglagan zahoti» postni o‘chirib tashlaganini aytgan. «Men hech qachon ongli ravishda antisemitizm ruhidagi nimanidir bo‘lishmagan bo‘lardim, bu mening e’tiqodimga zid», – degan u.
BBC rahbariyati so‘ralgan uzrni yetarli emas deb topdi va Lineker bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. Shu bilan birga, korporatsiya press-relizida uning bosh direktori Tim Devi boshlovchi «o‘z xatosini tan olgani»ni ta’kidlaydi va unga «yigirma yildan ortiq vaqt davomida futbolni yoritishda hal qiluvchi ovoz bo‘lgani» uchun minnatdorchilik bildiradi. Lineker yana bir bor afsusdaligini aytib, «antisemit ruhdagi qandaydir narsa»ni hech qachon ongli ravishda repost qilmagan bo‘lishi haqidagi gapini takrorlagan. «Hozirda ortga qadam tashlash mas’uliyatli qaror bo‘lib tuyulmoqda», – deya qayd etadi u.
Lineker oldin ham o‘z so‘zlari tufayli mojaroga uchragan. 2023 yil mart oyida u o‘zining X’dagi sahifasida (o‘sha paytda deyarli to‘qqiz million obunachisi bor edi) noqonuniy muhojirlarga qarshi qonun loyihasini tanqid qilgandi, loyihaga ko‘ra, Buyuk Britaniyaga noqonuniy ravishda kelgan odamlarga kelajakda mamlakatdan boshpana so‘rash taqiqlanishi ko‘zda tutilgandi. Lineker bunday taklifni «eng zaif odamlarga qarshi qaratilgan, 30-yillarda Germaniyada qo‘llangan ritorikadan deyarli farq qilmaydigan nihoyatda shafqatsiz siyosat» deb atagandi.
O‘shanda Lineker konservativ siyosatchilar tomonidan tanqid qilingan (xususan, u «xolokost fojiasini kamaytirish»da ayblangan), shundan so‘ng BBC uni vaqtincha televideniyedan chetlashtirgan. Biroq, ko‘plab boshlovchilar Lineker bilan birdamlik bildirishadi va Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchilari Ian Rayt va Alan Shirer «Match of the Day»ning navbatdagi soniga taklifni rad etishadi, buning natijasida dastur qisqartirilgan formatda va ekspertlar sharhlarisiz chiqadi. Shundan uch kun o‘tib, BBC bosh direktori Tim Deyvi tomoshabinlardan uzr so‘raydi. Keyin Lineker efirga qaytishi, korporatsiya esa xodimlar o‘z ijtimoiy tarmoqlarini qanday yuritishi mumkinligi bo‘yicha o‘z qoidalarini auditdan o‘tkazishi e’lon qilindi. Lineker tvitterda siyosiy masalalar bo‘yicha fikr bildirishda davom etadi.
2024 yil oxirida ham Lineker «Match of the Day»ning asosiy boshlovchisi lavozimini tark etishi haqida rasman xabar berilgandi, ammo shu vaqtga qadar u dastur bilan hamkorlikni davom ettirishi, shuningdek BBC uchun 2026 yilda Angliya kubogi va jahon chempionati o‘yinlarini sharhlashi kutilayotgandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

23:20 / 22.07.2025
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi

15:25 / 22.07.2025
London Rossiyaning «soyadagi floti» 135 tankeriga qarshi sanksiya kiritdi

12:50 / 22.07.2025
Isroil kuchlari G‘azoda tinch aholini o‘qqa tutdi: 132 kishi halok bo‘ldi

11:16 / 22.07.2025