Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Amerikalik olimlar olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra, ekstremal ob-havo hodisalari odatdagidan ko‘proq sodir bo‘ladi.

Foto: Getty images
Ekstremal ob-havo hodisalari, ayniqsa, Texas shtatida, global ma’lumotlar bazalarida qayd etilganidan ancha ko‘p sodir bo‘ladi. Texas universiteti tadqiqotchilari Mettyu Presser va Paola Passalakkuaning aniqlashicha, yirik suv toshqinlari va xavfli jaziramalar soni hamda ular yetkazgan zarar jiddiy baholanmayapti. Tadqiqot natijalari AGU Advances jurnalida chop etilgan.
Olimlar 2001–2020 yillar oralig‘ida sun’iy yo‘ldosh yordamida olingan ma’lumotlarni — harorat va yog‘ingarchilik darajalarini tahlil qilib, Texasdagi iqlim xavfining ancha to‘liq manzarasini tuzgan. Ular NOAA va Dartmouth Flood Observatory’da keltirilgan rasmiy ko‘rsatkichlarga qaraganda uch baravar ko‘proq suv toshqinlari yuz bergani va 320 million dollarlik hisobga olinmagan iqtisodiy zarar mavjudligini aniqlagan.
Avvalgi iqlimiy tadqiqotlarda «issiqlik» deganda ko‘pincha faqat ma’lum darajadan yuqori bo‘lgan haroratli kunlar nazarda tutilgan. Yangi tadqiqotda esa alohida issiq muddatlar, ya’ni sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan namlik-harorat indeksi 30 darajadan oshgan kunlar ham ekstremal hodisa sifatida baholangan. Ma’lum bo‘lishicha, 2003 yildan 2020 yilgacha Texasda bunday xavfli kunlar soni 2 517 taga yetgan — bu hisobotdagi davrning deyarli 40 foizini tashkil etadi.
Mualliflarning fikricha, ilgari qo‘llangan baholash usullari iqlim xavflarining ko‘lamini ancha past ko‘rsatgan va bu tahdidlarning aholi guruhlariga turlicha ta’sirini hisobga olmagan.
«Tadqiqotimiz iqlimiy xatarlarga baho berishda to‘liqroq va sezgirroq mezonlardan foydalanish naqadar muhimligini ko‘rsatmoqda, ayniqsa, ijtimoiy jihatdan zaif jamoalarda», — deya ta’kidlaydi olimlar.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?
Jamiyat | 21:53
-
AQSh birinchi marta Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga qo‘shildi
Jahon | 21:34
-
Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi
Fan-texnika | 21:29
-
Malayziyada politsiya vertolyoti qulab tushdi
Jahon | 21:25
Mavzuga oid

00:31
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

12:21 / 09.07.2025
2025 yilning iyuni G‘arbiy Yevropa tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi

14:20 / 08.07.2025
Jazirama kunlari tez yordamga salkam 250 mingta chaqiriq kelib tushdi

08:50 / 03.07.2025