Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik aprel oyida barqaror tiklandi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi o‘zining navbatdagi hisobotida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida yuz bergan o‘zgarishlar tahlilini taqdim etdi.

Foto: Kun.uz
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikki oylik pasayishdan so‘ng, aprel oyida barqaror tiklanishni ko‘rsatdi. Oy davomida bitimlar hajmi 20 foizga oshib, 24 mingtani tashkil etdi.
Aprel oyida ko‘chmas mulk bozoridagi hududiy dinamika barqaror o‘sishni ko‘rsatib, respublikaning hech qaysi hududida bitimlar hajmida pasayish qayd etilmadi.
Faollikning eng sezilarli o‘sishi Namanganda (39 foiz), Samarqand (29 foiz) va Buxoro viloyatlarida (27 foiz) qayd etildi.
Aprel oyida O‘zbekistonda ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha narxi o‘tgan oyga nisbatan 1,3 foizga oshdi. Yillik hisobda o‘sish 2,4 foizni tashkil etdi.
O‘sish sur’atlari Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqori qayd etilgan.
Aprel oyida Toshkent shahri ko‘chmas mulk bozori nisbatan barqarorlikni ko‘rsatdi. Ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha narxi deyarli o‘zgarmagan (0,3 foiz pasayish). Yillik hisobda ham birlamchi, ham ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorlarida narxlarning pasayishi kuzatildi.
Ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 6,3 foizga kamaygan bo‘lsa, birlamchi uy-joy segmentida esa pasayish 4,2 foizni tashkil etdi. Ikkilamchi uy-joy narxlarining eng katta pasayishi Chilonzor (10,7 foiz), Mirzo Ulug‘bek (9,4 foiz) va Yashnobod (8,2 foiz) tumanlarida kuzatildi.
Birlamchi uy-joy narxlarining eng sezilarli pasayishi Uchtepa (15,3 foiz), Shayxontohur (13,3 foiz) va Yunusobod (8,8 foiz) tumanlarida kuzatildi.
Aprel oyida Toshkent shahrida ijara narxlarining barqarorlik kuzatildi. O‘rtacha ijara narxi o‘tgan oydagi ko‘rsatkichni saqlanib qoldi va bir kvadrat metr uchun 8,1 dollarni tashkil etdi.
Poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 10,4 dollarni tashkil etadi.
Yillik hisobda o‘rtacha ijara narxlarining pasayishi sekinlashib, 3 foizni tashkil etdi. Yil davomida ijara narxlarining eng sezilarli pasayishi Uchtepa, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Misr O‘zbekistonda dorilar ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi
Iqtisodiyot | 15:47
-
Daraxtlar kesilishi sizga qanday ta’sir qilyapti? Ijtimoiy so‘rov
Jamiyat | 15:33
-
BMT Xalqaro sudi: Davlatlar iqlimni himoya qilish majburiyatiga ega
Jahon | 15:26
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston sayg‘oqlarni saqlab qolish bo‘yicha memorandum imzolaydi
O‘zbekiston | 15:17
Mavzuga oid

15:35 / 23.07.2025
Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozori. Narxlar qanday?

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

13:49 / 19.07.2025
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori o‘sishni davom ettirmoqda

11:26 / 30.06.2025