Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Putin va Zelenskiy tayyor bo‘lsa, ularni qabul qilishga tayyor
Prezident Erdo‘g‘an Ukrainadagi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni qo‘llab-quvvatlash niyatida. Rossiya va Ukraina rahbarlari tayyor bo‘lgach, Turkiya ularni qabul qilishga rozi. AQSh davlat kotibi Rubio 16 may kungi muzokaralar muvaffaqiyat qozonishiga shubha qilmoqda.

Foto: DHA
Turkiya Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy muzokaralarga tayyor bo‘lsa, ularni o‘z hududida o‘tkazishga rozi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 15 may, payshanba kuni Anqarada Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng.
«Prezident Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina o‘rtasida muzokaralarni boshlash uchun tarixiy imkoniyat tug‘ilganini e’lon qilib, texnik va yetakchilar darajasidagi muzokaralarni kuchli qo‘llab-quvvatlashini bildirdi», — deya xabar bermoqda Anadolu agentligi. Erdo‘g‘an Ukraina atrofidagi mojaro hozirgi bosqichda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar yo‘li bilan hal etishni talab qilishini alohida ta’kidladi va tomonlarni umumiy pozitsiyada kelishib olishga chaqirdi.
Anqarada Erdo‘g‘an va Zelenskiy o‘rtasidagi muzokaralar yopiq eshiklar ortida o‘tdi. Ularda Turkiya mudofaa vaziri Yasar Guler, Milliy razvedka boshqarmasi boshlig‘i Ibrohim Kalin, Turkiya prezidentining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Akif Chagatay Qilich ishtirok etdi.
Ayni paytda Turkiyaning janubidagi Antaliya viloyatida Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan va AQSh davlat kotibi Marko Rubio NATO tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushni to‘xtatish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni osonlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi
Iqtisodiyot | 17:48
-
3,7 mln so‘mdan 16,2 mln so‘mgacha – O‘zbekistondagi o‘rtacha oyliklar e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 17:37
-
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari
Jamiyat | 17:26
-
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
Jahon | 16:19
Mavzuga oid

13:00 / 22.07.2025
Erdo‘g‘an Turkiyaning YeIga integratsiyasini tezlashtirishni talab qildi

19:01 / 16.07.2025
Istanbul sobiq meri Akrom Imomo‘g‘li 1 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum etildi

10:21 / 15.07.2025
Zelenskiy Shmixalni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga taklif qildi

21:38 / 14.07.2025