Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 oyda 8 445 ta mast holda mashina boshqarish holati aniqlandi – YHXX
Spirtli ichimlik iste’mol qilib mashina boshqargani aniqlangan haydovchilarning 7 582 nafari sud qarori bilan jarima jazosiga tortilgan. Shuningdek, ular 3 yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilingan. Qolgan holatlar bo‘yicha sud jarayonlari davom etmoqda.

Foto: Getty images
2025 yilning yanvar-aprel oylarida 8 445 ta mast holda mashina boshqarish holati aniqlangan. Bu haqda Kun.uz’ga YHXX matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mast holatda mashina boshqargani aniqlangan haydovchilarning 7 582 nafariga nisbatan sud ishlari ko‘rib chiqilgan. Ularning barchasi BHMning 40 baravari, ya’ni 15 mln so‘mdan jarima jazosiga tortilgan. Shuningdek, ular 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum etilgan. 863 ta holat yuzasidan sud ishlari davom etmoqda.
“Mast holda avtomashina boshqargan odamni hech ikkilanmay potensial qotil deyish mumkin. O‘zi va boshqalarning hayotini bir pulga ilmaydigan odamgina spirtli ichimlik iste’mol qilib rulga o‘tiradi. YHXX va hududiy boshqarmalar tomonidan bunday holatlarni aniqlash va jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda maxsus reyd tadbirlari olib borilmoqda”, deydi Zoyir Yo‘ldoshov.
Huquqbuzarliklar statistikasiga ko‘ra, transport vositasini mast holda boshqarish huquqbuzarligi yildan yilga oshib bormoqda.
2020 yilda 23 mingta holatda mast haydovchi sudga olib kelingan bo‘lsa, 2024 yilda 26 mingdan ortiq mast haydovchi ustidan sud jarayonlari bo‘lib o‘tgan. Eng ko‘p mast haydovchilar – Samarqand (4204), Xorazm (2768) va Qoraqalpog‘istonda (2669) aniqlangan. Eng kam holatlar esa Namangan (757) va Sirdaryo (562) viloyatlarida qayd etilgan.
Avvalroq Jizzaxda mast holda mashina boshqarib, opa-singilning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi uzoq muddatga qamalgani xabar qilingandi. Baxmal tumanida sodir etilgan ushbu YTHda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 4 va 13 yoshli opa-singil mast haydovchi boshqaruvidagi Cobalt urib ketishi oqibatida voqea joyida jon bergan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin tashkilotlarni «ekstremistik» deb tan olishni soddalashtirdi
Jahon | 08:01
-
Pistorius AQShdan Patriot'ni almashtirish bo‘yicha majburiyat kutmoqda
Jahon | 07:40
-
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash tartibi ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 07:37
-
111 gumanitar tashkilot G‘azoga yordam yetkazilishini talab qilmoqda
Jahon | 07:36
Mavzuga oid

17:11 / 22.07.2025
“Hayp uchun qildim” - Avtosalon rahbari sinov maqsadida xodimlarining ustiga mashina haydadi

12:30 / 19.07.2025
Yunusobodda 5 kgdan ortiq narkotiklar savdosining oldi olindi

15:49 / 18.07.2025
O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatilgan radarlar ro‘yxati ochiqlandi

10:00 / 13.07.2025