Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu hafta bizni may uchun rekord issiq kutmoqda - Erkin Abdulahatov
14–17 may kunlari O‘zbekiston may oyi kuzatuvlari tarixidagi eng kuchli issiqlik to‘lqini ta’siri ostida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bundan vohadagi ekinlar ayniqsa ko‘proq stressga tushadi, ularni oldindan sug‘orib qo‘yish zarar qilmaydi, deydi Kun.uz'ning “Ob-havo va qishloq xo‘jaligi” turkum ko‘rsatuvlari doimiy eksperti Erkin Abdulahatov.

Suhbatni Agrobiznes assotsiatsiyasi rahbari Kamoliddin Ikromov olib bordi.
— Shu hafta o‘rtalarida anomal issiqlik to‘lqini kuzatilishi mumkinligi aytilmoqda. Sizningcha, uning issiqlik darajasi xuddi iyul oyidagi anomal issiqlik to‘lqinlari kabimi?
— Ha, xuddi shunday. Joriy jazirama issiqlik sabab ayrim kuzatuv stansiyalarida o‘tmish may oylarida kuzatilmagan issiqlik rekordlari yangilanishi mumkin. Shu darajadaki, cho‘llarda, masalan, Navoiyning Mashiquduq hududida harorat maksimumi +45 darajaga yetadi. Cho‘llarda jazirama shamol bilan birga kuzatilgani bois, garmsel hodisasi ro‘y berishi, u qishloq xo‘jaligida ekinlar rivojiga ta’sir etishi mumkin. Ushbu issiqlik to‘lqini kuchi yoz saratonidagi issiqlik to‘lqinidan kam emas.
Kutilayotgan issiqlik to‘lqini Markaziy Osiyo janubi-sharqida rivojlanuvchi, keyin O‘zbekiston va Qozog‘iston janubiga ta’sir etuvchi termik depressiya jarayoni bilan tavsiflanib, so‘nggi 65 yillikda ushbu jarayon bizning mintaqada faqat yoz oylarida kuzatilgan. Ehtimol, may oyida biz dastlabki termik depressiya jarayoniga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Issiqlik to‘lqini avval Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatiga kuchli ta’sir qilsa, payshanba-juma kunlari uning qamrovi Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarigacha kengayadi. Juma-shanba kunlari vodiy aholisi ham issiqlikdan aziyat chekishi mumkin.
Joriy anomal issiqlik to‘lqini may oyi, ya’ni noodatiy davrda kuzatilayotgani bois, kechki va tungi haroratda ham havoda namlikning biroz ortishi hisobiga uni his qilish og‘irroq kechishi mumkin. Vohadagi ekinlar issiqlikdan boshqa hududga qaraganda ko‘proq stressga tushadi. Shuning uchun ham issiqlik to‘lqinlari kuchli ta’siridan oldin ularni sug‘orib qo‘yish zarar qilmaydi.
Kamoliddin Ikromov: O‘tgan sonlardagi ob-havo va qishloq xo‘jaligi mavzusidagi materiallar ostidagi izohlarda Navoiy viloyati Konimex tumanida sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bilan bog‘liq texnologiya haqida fikr yuritishingizni so‘rashdi. Sizningcha, bu texnologiya asosida haqiqatdan ham Navoiyda yomg‘ir yog‘dimi?
— Dunyoda ko‘plab mamlakatlarda bu kabi texnologiyalar asosida sun’iy yomg‘ir yog‘dirish ishlari amalga oshirilgan. Masalan, Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida aynan o‘sha Navoidagi kabi atmosferaga ion ta’sir ko‘rsatilib, 23 foizgacha ko‘p yomg‘ir yog‘dirilgan. BAAda esa samolyotlar yordamida havoga xuddi shunday ion ta’sir etilib, yog‘ingarchilik 30 foizgacha ko‘paytirilishiga erishilgan.
AQShning Arizona shtatida esa bu texnologiya u qadar o‘zini oqlamagan. Ko‘p hollarda sun’iy ta’sirdan so‘ng yog‘inlar prognoz qilingani bilan bir xil miqdorda yog‘gan, bu nol foiz samara degani.
Bu kabi texnologiyalar yordamida atmosferaga ta’sir ko‘rsatish va iqtisodiy samaradorlikka erishish masalasida milliy ob-havo byurolari bilan bamaslahat ish tutilmog‘i lozim.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

07:55 / 10.07.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli mablag‘ ajratiladi

10:27 / 09.07.2025
Ekinlar urug‘liklarining sifatini baholash tizimi isloh qilinadi

23:03 / 08.07.2025
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz

14:20 / 08.07.2025