Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Qodirov maktabda bolalarga “Katyusha” yodlatilgani holati yuzasidan Maktab vazirligidan izoh so‘radi
Deputatga ko‘ra, bog‘cha va maktablar tashqi propaganda targ‘iboti uchun emas, bolalarni o‘zligiga mehr va sadoqat bilan tarbiyalash uchun kerak. Shuningdek, deputat TIVga “Rossotrudnichestvo” faoliyatini tahlil qilish haqida ham so‘rov yubormoqchiligini ma’lum qildi.

Yaqinda 9 may sanasi munosabati bilan poytaxtning Chilonzor tumanidagi 188-maktabda o‘qituvchi dars o‘rniga o‘quvchilarga “Katyusha” yodlatgani xabar qilingandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Milliy tiklanish siyosiy partiyasi raisi Alisher Qodirov ayni holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi izoh berishini so‘radi.
“Bog‘cha va maktablarda bolalarning ongostiga o‘zligimiz xo‘rlangan sovet davriga sog‘inch, ajdodlarimizni qirg‘in qilgan imperialistik ramzlarga muhabbatning singdirilishi milliy tahdid sifatida baholanishi zarur.
O‘zbekistondagi bog‘cha va maktablar farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, o‘zligimizga mehr va sadoqat bilan tarbiyalash uchun kerak, tashqi propaganda targ‘iboti uchun emas”, – deydi u.
Shuningdek, Qodirov Tashqi ishlar vazirligiga “Rossotrudnichestvo” faoliyatini tahlil qilish haqida so‘rov yubormoqchiligini ham aytib o‘tgan.
“Non berib qo‘lidan ayrilgan xalqmiz, yaxshi niyatimiz suiiste’mol qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak”, – deya yakunlagan u Telegram-kanalida yozgan postini.
Eslatib o‘tamiz, 188-maktabdagi holat yuzasidan berilgan rasmiy munosabatda “Katyusha” va “Smuglyanka” qo‘shiqlarini yodlatgani tasdiqlanmagan, rad ham etilmagan. Maktab ma’muriyati o‘qituvchining dars mahalida bunday tadbir o‘tkazishi mumkin emasligi haqida ogohlantirish bergan.
Bundan avvalgi voqeada ayni shu maktabda 6-sinf o‘quvchisi rus tili darsi vaqtida o‘qituvchidan darsni shu tilda olib borishni so‘ragani sabab kaltaklangandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qiymati 40 mlrd yevrodan oshiq aktivlarni milliylashtirdi
Jahon | 09:07
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘zaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazadi
O‘zbekiston | 08:45
-
YeI asosiy xomashyoni zaxiralab qo‘yishga chaqirdi
Jahon | 08:34
Mavzuga oid

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

20:18 / 12.05.2025
Toshkentdagi maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarga «Katyusha» yodlatgani xabar qilindi

19:04 / 15.04.2025
Tashqi ishlar vaziriga xorijdagi o‘zbekistonliklarning himoyasi borasida parlament so‘rovi yuborildi

18:01 / 11.04.2025